«Baribir Rossiya aybdor». Polşaga raketa qulaşiga Ğarb qanday reaksiya qilmoqda?
|23:01 / 17.11.202223 0589 min
Ğarbdagi siyosatçilar Polşaning Ukraina bilan çegara yaqinidagi Pşevoduv qişloğiga raketa qulaşi böyiça hodisa tafsilotlarini sinçiklab tekşirişga çaqirmoqda va eskalatsiyadan xavfsiraşmoqda. Rossiya qulagan raketa ukrainlarniki bölganini ta’kidlaşda davom etmoqda, Ğarbdagilar esa bu hodisada baribir Moskvani aybdor deb hisoblaşlarini aytişmoqda - çunki 15 noyabr kuni aynan rossiyalik harbiylar Ukraina hududlarini öqqa tutgandi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Pşevoduvga seşanba kuni keçqurun raketa quladi, portlaş oqibatida ikki kişi halok bölgan. Çorşanbaga ötar keçasi Polşa hukumati bu rossiyaliklar işlab çiqargan raketa ekanini ma’lum qildi.
Keyinroq Associated Press agentligi amerikalik mulozimlarga asoslangan holda raketani ukrainalik harbiylar rossiyaliklar raketasini urib tuşiriş uçun uçirgani taxmin qilinayotgani haqida xabar berdi - öşa kuni Rossiya Ukraina hududlari böylab yana bir bor yoppasiga raketa zarbalari yöllagandi va bu uruş boşidan buyon eng keng kölamli zarbalar bölgandi.
Polşa prezidenti Andjyey Duda çorşanba kuni tvitterida hodisa Polşaga qasddan qilingan hujum sifatida körilmayotgani va gap havo hujumidan mudofaa tizimi raketasi qulaşi haqida ketayotganini yozdi.
Öşa kungi hujumlar oqibatida Ukrainaning katta qismi elektr ta’minotisiz qoldi, Kiyev markazida esa uçta turar joy binosi şikastlangan. Qöşni Moldova boş vaziri örinbosari Andrey Spinu rossiyaliklarning Ukrainaga zarbalari oqibatida Moldovada elektr ta’minotida muammolar yuzaga kelayotganini aytdi.
Raketa ukrain harbiylari tomonidan rossiyaliklarnikini urib tuşiriş uçun uçirilgani taxmin qilinayotgani haqida xabar paydo bölgaç, vaziyatni Ukraina prezidenti ofisi rahbari örinbosari Mixaylo Podolyak izohladi. U röy bergan hodisa uçun javobgarlikni Rossiya zimmasiga yukladi.
«Ukrainadagi uruş va yoppasiga raketa zarbalari uçun faqat Rossiya javobgar. Çegaradoş mamlakatlar uçun xavf ortişi ortida faqat Rossiya turibdi. Bahona izlaş va hal qiluvçi qarorlarni keyinga qoldirişning hojati yöq», deya yozdi u tvitterida va Yevropani Ukraina osmonini yopişga çaqirdi.
Britaniya boş vaziri Rişi Sunak ham Indoneziyadagi G20 sammiti matbuot anjumanida çiqişi çoğida şu kabi fikrlarni bildirdi. Xususan, u Rossiya Ukrainaga bosqin uçun javobgarligiga urğu qaratdi.
«Agar Rossiyaning Ukrainaga bosqini bölmaganida bularning heç biri röy bermasdi», degan u Polşadagi hodisani «Putin uruşining beşafqat va ayovsiz realligi» deb atadi.
Britaniya boş vaziri ofisi 16 noyabr kuni u va uning kanadalik hamkasbi Jastin Tryudo Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan telefon muloqotida Polşaga raketa zarbasi tölaqonli tekşirilişi lozimligini qayd etişgani haqida xabar bergan.
Mavzuga oid
Niderlandiya boş vaziri Mark Ryutte Pşevoduvga raketa qulaşini izohlar ekan, Polşadagi hodisa Rossiya öşa kuni Ukraina hududi böylab yoppasiga raketa zarbalari yöllaşi oqibati bölganini ta’kidlagan.
«Şunisi aniq: agar Rossiyaning Ukraina böylab dahşatli raketa zarbalari bölmaganida bu röy bermasdi. Biz Ukrainani uning Rossiya tajovuzidan himoyalanişida qöllab-quvvatlaşda davom etamiz», deya yozdi u tvitterida.
Germaniya kansleri Olaf Şols Polşadagi hodisani «dahşatli voqea» deb atadi va xulosalar çiqarişdan oldin sinçiklab tekşiruv ötkazişga çaqirdi. U şuningdek «Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi, Ukraina infratuzilmalariga doimiy va behisob miqdorda yöllanayotgan raketalari bölmaganida» Polşadagi hodisa ham röy bermagan bölişini aytgan.
Litva prezidenti Gitanas Nauseda Pşevoduvga raketa zarbasi yöllangaç, NATOni Polşa-Ukraina çegarasiga, şuningdek, alyans şarqiy qanotining qolgan qismiga katta miqdorda havo hujumidan mudofaa tizimlarini örnatişga çaqirdi.
«NATO osmoni 100 foizga himoyalanişi kerak. Litva Polşa-Ukraina çegarasi böylab NATO havo hujumidan mudofaa tizimlari joylaştirilişini faol qöllab-quvvatlaydi», degan Nauseda jurnalistlarga.
Latviya mudofaa vaziri Artis Pabriks çorşanba tongida mahalliy televideniyedagi çiqişi çoğida hodisaning uç ehtimoliy sababini sanab ötdi: «Bu Rossiya hududidan yoki rossiyaliklar samolyotidan uçirilgan raketa bölişi mumkin. Bu Belarusdan turib uçirilgan raketa bölişi mumkin. Bu rossiyaliklar raketasini urib tuşirişga uringan ukrainlar havo hujumidan mudofaa tizimi raketasi bölişi mumkin».
U röy bergan hodisa haqida xulosa qiliş va töğri javob qaytariş uçun sinçkovlik bilan tekşiruv ötkazilişi zarurligini ta’kidlagan.
«Ammo biz doim yodda tutişimiz kerakki, agar Rossiyaning Ukrainaga jinoiy bosqini bölmaganida, biz keça keçqurun va bugun tongda bu raketa haqida aytmayotgan bölardik. Bu mutlaqo aniq», deya Pabriksning sözlarini keltirgan Delfi.
Kanada boş vaziri Jastin Tryudo, AQŞ prezidenti Jo Bayden va Britaniya boş vaziri Rişi Sunak Indoneziyadagi favqulodda yiğiliş çoğida. Foto: Getty Images
AQŞ prezidenti Jo Bayden Polşadagi hodisa munosabati bilan çorşanba kuni «Katta yettilik» va NATO yetakçilarining şoşilinç yiğilişini çaqirdi. Uçraşuvdan keyingi çiqişida u Pşevoduvga tuşgan raketa Rossiyadan uçirilgani ehtimoli kamligini aytdi, ammo Polşaga tekşiruv işlarida yordam körsatilişini va’da qildi.
Jurnalistlarning raketa Rossiyadan uçirilgani ehtimoli böyiça aniqlaştiruvçi savoliga Bayden «buni rad etuvçi dastlabki ma’lumot borligi»ni aytdi. «Trayektoriya liniyasiga köra bu Rossiyadan uçirilgani ehtimoli kam, ammo yana köramiz», degan amerikaliklar prezidenti.
Polşadagi holat AQŞ va uning ittifoqçilari töğridan töğri mojaroga tortilişi xavfini körsatib berdi - Bayden va uning ma’muriyati bu variantdan qoçişga urinib kelayotgandi, deya yozadi Amerikadagi The Washington Post gazetasi.
«Polşa alyans a’zosi ekan, uşbu davlatga hujum röy bergan taqdirda, kelişuvga köra Qöşma Ştatlar uni himoya qilişi kerak», deya izohlaydi gazeta.
Yevropalik yuqori martabali diplomatlardan biri gazetaga aytişiça, Polşadagi hodisa Rossiyaning qasddan qilingan hujumiga öxşamagan. Şu bilan birga, u yakuniy xulosaga keliş uçun köproq ma’lumot yiğilişi lozimligini qayd etgan.
Uning sözlariga köra, har qanday holatda ham 15 noyabr kuni amalga oşirilgan yoppasiga zarbalarni vaziyatning keskinlaşuvi sifatida baholaş mumkin, çunki Polşa hududiga ukrainlar havo hujumidan mudofaa tizimi raketasi tuşgan bölsa ham, kelgusida bunday hodisalar röy berişi ehtimoli oşgan.
Pentagonning sobiq yuqori martabali xodimi Jim Taunsendning gazetaga aytişiça, agar raketa Polşa qişloğiga tuşişi tasodif deb topilsa, AQŞ katta ehtimol bilan bu hujumni qoralaydi va Polşa havo hujumidan mudofaa tizimini kuçaytiriş imkoniyatlarini körib çiqadi. Uning fikriça, NATO har qanday qarorni obdon öylab köradi. «Hatto 11 sentabrdan keyin ham teraktlar «Al-Qoida» tomonidan sodir etilganiga işonç hosil qiliş uçun bir neça kun ketgandi», deya eslatadi u.
«Tinçlaning, bu uruş emas»
Polşadagi kundalik gazetalardan biri, konservativ qaraşlarni ifoda etuvçi Rzeczpospolita naşri mamlakat fuqarolarini «xotirjamlik va sabrli böliş»ga çaqirib, Polşa hukumatining va NATO blokining reaksiyasi oqibatlarini hisobga oliş zarurligini ta’kidladi.
«Rossiyaliklar bizning reaksiyamizni diqqat bilan kuzatib bormoqda: harbiylar nima qilayotgani, davlat va jamiyat qanday munosabatda bölayotganini. Işonavering, ular xulosalar qilişadi. Agar ular bu kabi hodisalardan mamlakatimizda barqarorlik keltirib çiqarişda foydalaniş mumkin deb topişsa, buni e’tiborga olib qöyişadi. Ammo agar ular Polşa va polyaklar özini sovuqqon tuta olişini körişsa, ular bu kabi hodisalar istalgan natijani bermasligini tuşunişadi», deya yozadi gazeta.
Rzeczpospolita naşrining boşqa bir eslatmasida şunday deyiladi: «Tinçlaning, bu uruş emas». Mualliflar fikriça, Pşevoduvdagi kabi hodisa röy berişini kutiş mumkin edi, çunki qöşni Ukraina «qonli uruş» olib bormoqda, Rossiya esa «bu mamlakatni yoppasiga raketa zarbalari bilan terror qilmoqda».
«Şuning uçun Polşa ham buni his qilganiga hayron bölmaslik kerak», deya yozadi gazeta.