15 noyabr kuni Polşa şarqidagi Pşevoduv posyolkasiga raketa qulaşi oqibatida ikki kişi halok böldi. Tunda Polşa hukumati raketa rossiyaliklar tomonidan işlab çiqarilganini aytdi. Ammo Assosiated Press agentligi amerikalik mulozimlarga tayangan holda raketa rossiyaliklar raketasini urib tuşiriş uçun ukrain harbiylari tomonidan uçirilgani taxmin qilinayotganini xabar qildi. Qulagan raketa Rossiyadan uçirilgani ehtimoli kamligi haqida AQŞ prezidenti Jo Bayden ham aytib ötdi.
«Rossiyada işlab çiqarilgan» raketa
Qulagan raketaning kelib çiqişi rossiyaliklarga mansub ekani haqida dastlab Polşa TIV ma’lum qildi. «Soat 15:40 da Pşevoduv qişloğiga [...] rossiyaliklar işlab çiqargan raketa (originalda - produkcji rosyjskiej) quladi, natijada Polşa Respublikasining ikki fuqarosi halok böldi. Şu munosabat bilan taşqi işlar vaziri Zbignev Rau RF elçisini taşqi işlar vazirligiga çaqirtirdi va zudlik bilan batafsil izoh talab qildi», deyiladi idora bayonotida.
Keyinroq xuddi şu tarif Polşa prezidenti Andjyey Duda tomonidan ham qöllandi, ammo u raketani kim uçirgani haqida aniq ma’lumot yöqligini ma’lum qildi. «Biz kun davomida Rossiya Ukrainaga raketalar bilan hujum qilganini bilamiz. Ammo bizda bu raketani kim uçirgani haqida aniq ma’lumot yöq. Tergov işlari olib borilmoqda. Men tergov buni aniqlaşiga işonaman. Katta ehtimol bilan, bu rossiyaliklar işlab çiqargan raketa bölgan. Ammo barçasiga hali aniqlik kiritilişi lozim», — degan Duda 16 noyabrga ötar keçasi jurnalistlar bilan suhbat çoğida va bu şu kabi yagona holat bölişiga umid bildirgan.
Tadqiqotçi jurnalist Erik Tolerning fikriça, Polşa hukumati SSSR davrida işlab çiqarilgan raketalarni ham Rossiya tomonidan işlab çiqarilgan raketa deb atayotgan bölişi mumkin.
Ukraine weapons tracker loyihasi Pşevoduvda qulagan raketa qoldiqlarining ijtimoiy tarmoqda tarqalgan tasvirlarini tahlil qilib, bu SSSR davrida işlab çiqarilgan S-300 tizimlarining 5V55 seriyali raketalari dvigateli qismlari deb hisoblamoqda.

Ukrainlar havo hujumidan mudofaa tizimi raketasi haqidagi versiya
Çorşanba tongida Assosiated Press agentligi uç nafar şaxsi sir qolişini söragan amerikalik mulozimlarga asoslangan holda Polşaga qulagan raketa Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan uçirilgani taxmin qilinayotganini xabar qildi.



















