16 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Farğona viloyati Rişton tumanida tez yordam xodimi kaltaklanganiga doir xabarlar tarqaldi. Soğliqni saqlaş vazirligi hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.

«Joriy yil 12 noyabr kuni soat 04:00 larda Farğona viloyati, Rişton tumani, «Oqtomir» MFY hududida yaşovçi fuqaro T.T. tuman tez tibbiy yordam bölimiga qönğiroq qilib, otasi — 1942 yilda tuğilgan T.Ğ.ning soğligi yomonlaşganini ma’lum qilgan.

Tez yordam xodimlari xonadonga yetib borib, bemorga birinçi tibbiy yordam körsatgan. Uning qon bosimi kötarilgani sababli tuman markaziy şifoxonasiga olib ketilayotganida bemor T.Ğ vafot etgan. 

Otasi hayotdan köz yumganidan ğazablangan T.T. va uning öğli Ğ.X. tez tibbiy yordam xodimi B.Z.ni sababsiz urib, unga tan jarohati yetkazgan. Tez yordam şifokori olgan jarohati sababli şoşilinç tibbiy yordam bölimiga yotqizilgan.  

Tegişli tibbiy tekşiruvlardan söng unga «Öng köz orbitasi medial devori örta va orqa yuzasi sinib siljişi. Gemosinus. Çap orbita medial devori deformatsiyasi. Burun tösiği qiyşayişi. Öng köz olmasi kontuziyasi. Törparda angiopatiyasi. Öng qoş sohasi yirtilgan jarohati. Öng köz qovoqlari lat yeyişi» dastlabki taşxisi qöyilgan», deyiladi xabarda. 

Soğliqni saqlaş vazirligi uşbu holatni öz nazoratiga olgan va hozir bemor-şifokorning ahvoli qoniqarli, tegişli davo muolajalari davom ettirilmoqda.

Mazkur hodisa yuzasidan Rişton tuman içki işlar bölimi huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.