1. Kilian Mbappe (Fransiya) – €160 mln
Rossiyada ötkazilgan avvalgi jahon çempionatida ham Mbappening bahosi «yuzlik»dan oşgan va 120 millionni zabt etgandi. Öşa paytda Kilian hali endigina 19 yoşni qarşi olgandi. Oradan tört yil ötib qahramonimiz ança ulğaydi, uning mahoratiga ham tan bermay ilojimiz yöq. Fransuz «olmosi» oradan vaqt ötgani sayin yanada sayqallanib bormoqda. Mbappe allaqaçon jahon çempioni tituliga ega, ammo öşa yulduzli tarkibdan aksariyati jarohat olganligi va ba’zilari umuman tarkibga kiritilmaganligini inobatga olsak, Mbappe boşçiligidagi fransiyaliklarning titulni himoya qilişlari ança muşkul böladi.

2. Vinisius Junior (Braziliya) – €120 mln
JÇ-2022 eng qimmatbaho öyinçilari röyxatida braziliyalik futbolçining bölmasligi adolatdan bölmasdi. Bu safar Pele yurtdoşlaridan uşbu röyxatga Vinisius Juniorning nomi kiritildi. «Real» hujumçisi faoliyatining eng yulduzli lahzalarini ötkazmoqda. Bugungi kunda ham u yuksak sport formasiga kirgan. «Real» safida joriy yilda Çempionlar ligasi ğolibi bölgan va finalda hal qiluvçi gol muallifi bölgan Vinisiusdan braziliyalik muxlislar Qatarda ham aynan şunday yorqin öyinlar namoyiş etişini kutişmoqda. Fikrimizça, Junior ham ularni uyaltirib qöymasa kerak.

3. Fil Foden (Angliya) – €110 mln
Röyxatimizdagi dastlabki ingliz futbolçisi – Fil Foden. «Mançester Siti» a’zosi zamonamizning eng yorqin iste’dod egalaridan biri sanaladi. Fodensiz bugungi kunda «şaharliklar»ni ham, Angliya milliy jamoasini ham tasavvur etib bölmaydi. Uning bahosi esa oydan oyga oşib bormoqda. Pep Gvardiola uni ba’zida Lionel Messiga ham qiyoslaydi va öz futbolçisini boşqa jamoaga va har qanday yuqori summaga sotib yubormoqçi emas. Fodenning Qatar yaşil maydonlaridagi öyinini kuzatiş barça uçun qiziqarli va yoqimli bölişi şubhasiz.

4. Pedri (Ispaniya) – €100 mln
«Barselona» yarimhimoyaçisi röyxatdan joy egalladi. 19 yoşli Pedrining nomi allaqaçon butun Yevropaga tanilib ulgurgan. U nafaqat kataloniyaliklar, balki Ispaniya milliy jamoasining ham yetakçilaridan biri bölişga ulgurdi. Pedrining qiymati esa yildan yilga oşib bormoqda. Aynan uning yordami bilan Ispaniya Qatardagi musobaqa boş sovrini uçun kuraşga kirişmoqçi.

























