Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida «Do‘stlik guruhlari» uchrashuvi tashkil etiladi
Qonunchilik palatasi spikeri birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov Turkiya Buyuk millat majlisi deputati, «Turkiya - O‘zbekiston» parlamentlararo hamkorlik guruhi rahbari Osman Mesten bilan uchrashdi.
Osman Mesten hozirgi paytda ikki davlatlar o‘rtasida parlamentlararo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda an’anaviy do‘stlik va sherikchilikka asoslangan hamkorlikni rivojlantirishga imkon beradigan konstruktiv va ochiq munosabat o‘rnatilganini ta’kidladi.
Osman Mesten 10-11 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti haqida to‘xtalar ekan, uning aynan Samarqand shahrida o‘tkazilishi turkiy dunyo qardosh xalqlari o‘zaro aloqalarini yanada mustahkamlashda ramziy ma’noga ega ekanini qayd etdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida joriy yil dekabr oyida «Do‘stlik guruhlari» onlayn uchrashuvi hamda 2023 yil birinchi choragida «Turkiya - O‘zbekiston» parlamentlararo guruhi O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
10:52 / 15.07.2026
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026