Respublikaning toğli hududlarida 18–22 noyabr kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuçli yoğingarçilik hamda havo haroratining sezilarli özgarişlari sababli qor köçiş xavfi e’lon qilindi.
Toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyotkorlik çoralarini körişlari söralgan.
Qor köçiş xavfi e’lon qilingan hududlar:
- Qaşqadaryo viloyati: Kitob, Şahrisabz, Qamaşi, Dehqonobod tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Qumqörğon, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin tumani;
- Toşkent viloyati: Ohangaron, Böstonliq tumani va Çotqol tizmasining Çimyon toğlarida;
- Namangan viloyati: Pop tumani va Qamçiq dovoni hududida;
- Farğona viloyati: Söx, Farğona tumanlarida xavf haqida ogohlantiriş berildi.

















