Uçraşuvda Özbekiston va YeXHT örtasidagi hamkorlik keng kölamli masalalari muhokama qilindi. Qayd etilganidek, 2021-2022 yillarda Özbekistonda YeXHT loyihalarini amalga oşiriş böyiça 2021 yil aprel oyida qabul qilingan amaliy çora-tadbirlar rejasini (yöl xaritasi) amalga oşiriş yuzasidan fikr almaşildi.

Taşkilot faoliyati barça uç yönalişi böyiça turli yönalişlarda yangi qöşma loyihalarni işlab çiqiş masalalari muhokama qilindi. Özbekiston taşqi işlar vaziri YeXHT delegatsiyasini Özbekiston mintaqaviy siyosati, Markaziy Osiyoni xavfsizlik, barqarorlik va izçil taraqqiyot mintaqasiga aylantiriş, jahon iqtisodiy va transport aloqalariga integratsiyalaşuvi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi hamkorlikni faollaştiriş, iqlim özgarişi bilan boğliq xavfsizlik xavf-xatarlariga javob çoralarini kuçaytiriş, tabiiy resurslardan foydalaniş, Orol dengizi ekologik halokatini bartaraf etişga alohida e’tibor qaratildi.