Senatning öttiz beşinçi yalpi majlisida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Qonun muhokama qilindi.
Qonunda jazoni ötaş joylarida mehnatga jalb qilingan mahbuslar uçun haq tölanadigan işlaş vaqtini ularning umumiy mehnat stajiga qöşib hisoblaş zarurligi körsatilgan.
“Mahkumlar ozodlikka çiqqandan keyin 5 yil ötiradimi, 10 yilmi mehnat staji bölmasligining özi uning hayotdan noroziligiga olib kelgan holatlarning guvohi bölganmiz”, — dedi Mudofaa va xavfsizlik qömitasi raisi örinbosari Tolibjon Madumarov.
Ozodlikdan mahrum etişga hukm qilingan şaxslarning jazoni ötaş davrida bajargan har qanday işi agar uşbu iş bajarilgan davr uçun jazoni ijro etiş muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq tölangan taqdirda qöşib hisoblanişi mumkin.
Bundan taşqari, mahbuslarga nisbatan ğayriqonuniy yoki kamsituvçi jazo çoralarini qöllaşga yöl qöyilmasligi, şuningdek, mahkumlar tarjimon bilan bir qatorda surdotarjimon xizmatidan foydalanişiga ham ruxsat berilmoqda.
Şu bilan birga, ozodlikdan mahrum etilgan 1- va 2-guruh nogironligi bölgan şaxslar uçun möljallangan umumiy turar joylar maxsus vositalar va moslamalar bilan jihozlangan bölişi kerakligi nazarda tutilyapti.
Yana bir muhim jihat – mahkumlarning tuzaliş yöliga ötganini belgilaş mezonlari, mahkumlarni rağbatlantiriş masalalari, ozodlikdan mahrum etişga hukm qilingan şaxslar işdan böş soatlarda, tungi dam oliş uçun ajratilgan vaqtdan taşqari, kinofilmlar va telekörsatuvlar köriş huquqi aniq belgilanmoqda.

















