Turkiya 2022 yil 1 dekabrdan boşlab neft taşuvçilardan Bosfor va Dardanel böğozlaridan ötiş uçun suğurta talab qiladi. 

Bloomberg xabariga köra, yangi qoidalar Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaning Rossiyaga qarşi kiritgan sanksiyalari bilan boğliq, garçi Turkiya ularga rasman qöşilmagan bölsa-da. 

Yangi qoida 1 dekabrdan kuçga kiradi, bu esa Rossiya neftini taşuvçi tankerlarning suğurta olişini ança qiyinlaştiradi. 

5 dekabrdan boşlab YeI va Buyuk Britaniya Rossiya neftiga qarşi yangi sanksiyalar kiritmoqda, ular energiya resursiga çeklangan narxlarni belgilaş bilan boğliq. Uşbu narxlar belgilanganidan keyin, kemalar suğurta polisi oliş uçun aynan şu narxda sotib olingan neftni taşişiga töğri keladi. 

Sönggi 6 oy davomida Rossiya Qora dengizdagi Novorossiysk porti orqali kuniga deyarli 650 ming barrel neft jönatgan.

Yevropa Ittifoqi 2023 yilgaça Rossiyadan xom va qayta işlangan neftning dengiz importini taqiqlaşni rejalaştirmoqda. Yevropa Ittifoqi Rossiya neft mahsulotlari importi va tranziti böyiça sanksiyalar joriy etiş uçun bosqiçma-bosqiç ötiş davrini belgiladi, bu davr kelasi yilning fevralida yakunlanişi kerak. 

Avvalroq, AQŞ moliya vaziri Janet Yyellen Qöşma Ştatlar Rossiya nefti narxini bir barrel uçun 60 dollargaça çeklaşi mumkinligini aytgan edi. 

2022 yil sentabr oyi oxirida Rossiyaning neft eksportidan tuşgan daromadi 15,3 milliard dollargaça qisqardi, bu joriy yildagi eng past körsatkiçdir.