Surxondaryoda harbiy xizmatni ötayotgan yigit vafot etdi. Rasmiylarga köra, yurak kasalligi böyiça şoşilinç operatsiya ötkazilganidan keyin, askarda biologik ölim qayd etilgan.

Holat nafaqat ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari, balki marhumning yaqinlarida ham savollarni yuzaga keltirdi.
Kun.uz muxbiri marhumning qarindoşlari bilan suhbatlaşdi.

Marhum Kamoliddin Qodirovning otasi Asliddin Şukurov öğli bilan tez-tez telefonda gaplaşib turganini aytadi. Bir hafta avval gaplaşganida ham öğli soğliği bilan boğliq heç qanday şikoyat qilmagan. Şu paytga qadar ham unda yuragi bilan boğliq heç qanday muammo bölmagan.
Şukurov ma’lum sabablarga köra turmuş örtoği bilan yaşamayotgan bölsa-da, öğli bilan aloqalari yaxşi bölganini aytmoqda. “Şunday ekan, men ham öğlimning hayoti bilan boğliq jarayonda iştirok etişim kerak edi. Nega mening roziligimsiz bunday operatsiya qilindi?” – deydi u.

Yigitning amakisi Anvar Şukurov jiyanining köksi va qorin sohasidagi jarohatlardan şubhaga borayotganini ma’lum qildi. Uning aytişiça, jiyani 12 noyabr kuni hospitaldan turib uyidagilarga aloqaga çiqqan va yaxşi suhbatlaşgan. Operatsiya stoliga yotadigan holatda bölmagan.
Kamoliddinning bobosi Qodir Şukurov ham operatsiya haqida ularga xabar berilmaganidan norozi bölyapti.

“Mening armiyamizda heç qanday xusumatim yöq. Biroq yengilgina jarrohlik amaliyotida ham bemorning yaqinlaridan söraladi, yozma rozilik xati olinadi. Xöp, gospitalga olinganiga ikki-uç kun bölibdi, nega biz bu haqda bilmadik? Biz bilan uçraşib, tuşuntiriş bergan harbiylarning izohidan qoniqmadim. Hamma narsani oçiqlab berişlarini, savol qoldirmasliklarini sörayman”, – dedi Kamoliddinning bobosi.
Mudofaa vazirligi xabariga köra











