“Doston Akfa Plus” MÇJ rahbari, tadbirkor Intizor Abdalniyozovaning aytişiça, u 2018 yil aprelda Avtomobil yöllari qömitasiga qaraşli “Yangiyölquriliş” UK tomonidan e’lon qilingan, Avtomobil yöllari Davlat qömitasining bino-inşootlarini kapital ta’mirlaş böyiça oçiq tenderda qatnaşib, 3 ta lotda ğoliblikni qölga kiritgan.

 – Tenderga 20 dan ortiq quriliş obektlari qöyilgan edi. Men Avtoyöl qömitasiga lift va eşik-romlarini örnatiş böyiça 3 ta lotni yutib oldim va örnatib berdim.

Şartnomada belgilangan barça işlarni körsatilgan talablar asosida bajarib, buyurtmaçilarga topşirdim. Davlat taşkilotlari bilan işlaş uçun oldindan tölovning 30 foizi tölanadi. Qolgani iş yakunlangaç berilişi kerak edi. Men “Yangiyölquriliş” UKga, Avtomobil yöllari qömitasiga işonib, barça işni bajardim. Mana 4,5 yildirki, qolgan pulimni ololmasdan sarsonman.

Avtoyöl qömitasi pulni bugun beramiz, erta beramiz, pandemiyadan keyin beramiz deb ortga suraverişdi. Barçasini sabr bilan kutdim. Oxiri sudga murojaat qilişga majbur böldim. Tuman va şahar sudlarida yutib çiqdik. “Yangiyölquriliş” UK bilan bir yil-u uç oy işlagan bölsam, şu vaqt oraliğida 9 marta rahbar almaşdi. Bir rahbarga tuşuntirib, işni topşiraman desangiz, örniga boşqasi qöyiladi.

Aslini olganda, tenderda lotni yutgandan keyin uning narxini kesişga yoki pasaytirişga heç kimning haqqi yöq. 950 million olişim kerak bölgan summani 470 millionga tuşirişdi. Kasod bölmaslik uçun yarmini olişga ham rozi böldim. Şunga majbur böldim. Sababi har bir kelgan yangi rahbar 6 oy tekşiruv ötkazadi. Öz işim qolib, neça yillardan beri şular bilan ovora bölib qoldim.

Intizor Abdalniyozova, “Doston Akfa Plus” MÇJ rahbari Foto: Kun.uz

Tadbirkorning ta’kidlaşiça, barça işlar ham tender şartnomalariga muvofiq amalga oşirilgan. U “Yangiyölquriliş” UKda har safar rahbar özgarganda turli bahonalar bilan pulini tölab bermayotganini aytadi.

Bahonalardan toqati toq bölgan tadbirkor sudga murojaat qiladi. Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudi uning da’vosini qisman qanoatlantirib, javobgar “Yangiyölquriliş” UK hisobidan da’vogar “Doston Akfa Plus” MÇJ hisobiga 417 mon 339 ming söm asosiy qarz, 15 mln söm penya undiriş haqida qaror çiqaradi.