Turkiya mudofaa vazirligi «Çangal va qiliç» nomini olgan amaliyotdan maqsad «Istanbulda portlaşlar tayyorlagan» kurdlarning bazalari bölganini ma’lum qildi.
Turkiyada taqiqlangan Kurdiston işçi partiyasi Istanbulda sodir etilgan teraktga aloqadorligini rad etmoqda.
Suriya kurdlari taşkilotlaridan birining vakili zarbalar qoçqinlar yaşaydigan ikki qişloq böylab berilganini ma’lum qilgan.

Foto: BURAK KARA
Havo reydlari boşlangaç, Turkiya mudofaa vazirligining tvitter sahifasida «hisob-kitob soati» kelgani haqida bayonot berilib, qiruvçi samolyot havoga kötarilişi va portlaş tasvirlari e’lon qilindi.
«Terrorçilarning boşpanalari, bunkerlar, ğorlar, tunnellar va omborlari muvaffaqiyatli yakson etildi», dedi Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar. Keyinroq vazirlik Suriya va Iroq şimolida «kurd jangarilari bazalari» böylab berilgan zarbalar natijasida 89 nişon yöq qilingani haqida ma’lumot berdi.
Suriyadagi kurd qurolli tuzilmalari javob çoralari körişni va’da qilişgan va zarbalar Kobani şahri, şuningdek aholi tiğiz yaşaydigan ikki qişloq böylab berilganini bildirişgan.

Yakşanba kuni keçqurun Turkiya davlat naşrlari Suriya hududidan uçirilgan raketa zarbasi oqibatida Turkiya-Suriya çegarasida uç kişi yaralangani haqida ma’lumot berdi.
Ofisi Buyuk Britaniyada joylaşgan Suriya inson huquqlari böyiça observatoriyasi ma’lumotlariga köra, turklarning aviazarbalari oqibatida Suriyaning özida 30 kişi halok bölgan.
Iroqda qanday nişonlarga zarba berilgani hozirça aniq emas.



















