O‘zbekiston | 10:12 / 22.11.2022
7488
2 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliq tumanida xalqaro bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi barpo etiladi

Prezidentning “Bolalar dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori imzolandi.

Hujjatga muvofiq kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimida Bolalar sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etilmoqda. 

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga sarflanadi:

kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari va sanatoriylarni ta’mirlash va qurish;

Chorvoq suv omboriga tutash hududda yil davomida faoliyat ko‘rsatadigan xalqaro bolalar oromgohini barpo etish;

tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar respublikadagi oromgohlarda kasaba uyushmalari a’zolari farzandlari dam olishi va ularni sog‘lomlashtirish xarajatlari bir qismini qoplash maqsadida har bir yo‘llanma uchun BHM 2 baravari (biroq yo‘llanma narxi 50 foizidan oshmagan) miqdorda oromgohlarga kompensatsiya to‘lash.

Jamg‘arma quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi: davlat budjetidan ajratiladigan maqsadli transfertlar; jamg‘arma mablag‘larini bank depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar; homiylik xayriyalari, xalqaro grantlar; taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Kasaba uyushmalari federatsiyasiga General Motors Uzbekistan AJ "Xonobod" sanatoriysi bino va inshootlari, "Nazarbek" sanatoriy profilaktoriysi bino va inshootlari mulk huquqi asosida, "Omonxona" MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushi hamda respublika bo‘yicha 65 ta bolalar oromgohi berilmoqda.

Mavzuga oid