Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada Bosh shtab polkovnigi kir yuvish mashinasini pora sifatida olayotganida ushlandi
Moskva 235-garnizoni harbiy sudi Bosh shtab xodimi, polkovnik Ivan Mertvishchevni harbiy komissardan kir yuvish mashinasini pora sifatida olgani uchun ikki oyga uy qamog‘iga mahkum qildi.
Qayd qilinishicha, Mertvishchev kuzgi chaqiruv kampaniyasi doirasida Ramenki Birlashgan harbiy komissariyatini (BHK) tekshirmoqchi bo‘lgan.
Tashrifdan bir hafta oldin u harbiy komissarga qo‘ng‘iroq qilib, tekshirish bilan borishini aytgan. U harbiy xizmatga chaqiriluvchilar bilan bog‘liq og‘ir ahvoldan xabardor ekanini, zarur hujjatlar bilan bog‘liq muammolar bo‘lmasa ham, albatta qandaydir kamchilikni baribir topishiga shama qilgan.
Bu holat muammoga aylanmasligi uchun Mertvishchev harbiy komissarga 70 ming rubllik ($ 1150) kir yuvish mashinasini olib berishni taklif qilgan. Ofitser o‘zini bunday shartga rozi bo‘lgandek ko‘rsatgan, ammo Federal xavfsizlik xizmatiga (FXX) shikoyat qilgan.
Shundan so‘ng, maxfiy xizmat xodimlari Mertvishchev so‘ragan kir yuvish mashinasini sotib olib, buyurtmani olib ketishni so‘ragan. Polkovnik uni olishga kelganida esa FXX xodimlari tomonidan ushlangan.
Mertvishchevga nisbatan tovlamachilik yo‘li bilan birga pora olish (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 290-moddasi 5-qismi) bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. U aybiga to‘liq iqror bo‘lgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
11:05 / 10.07.2026
Tabiiy gazga ulash uchun pora olgan mansabdorlar ushlandi
21:56 / 04.07.2026
Dorixona ochishga litsenziya berish uchun pul talab qilgan mansabdorga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
08:19 / 02.07.2026
Jizzax va Samarqandda advokatlar ushlandi
09:00 / 01.07.2026