Şvetsiya elçisi Staffan Herrstryom Turkiya Taşqi işlar vazirligiga çaqirildi va unga 21 noyabr, duşanba kuni ertalab «Turkiyaning Stokholmdagi elçixonasiga qarşi provokatsiya» bilan boğliq norozilik bildirildi, deya xabar bermoqda Turkiyaning Anadolu agentligi diplomatik manbalar ma’lumotiga tayanib.

Ularning sözlariga köra, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanga nisbatan haqoratlarni va «terrorçilik taşviqoti»ni öz içiga olgan fotosuratlar Stokholmdagi Turkiya elçixonasi binosiga proyeksiya qilingan. Turkiyada uşbu harakat uçun javobgarlik mamlakatda taqiqlangan Kurdiston Işçi partiyasi (KIP) tarafdorlari zimmasiga yuklandi.

Kunning boşida Şvetsiyaning Rojava bilan birdamlik qömitasi (Rojavakommittéerna) Twitter mikroblogida bir daqiqadan köproq davom etgan aksiya videosini e’lon qildi, u yerda tunda bino devoriga fotoslaydlar proyeksiya qilingani va kurd faollarining suratlari aks etgani körinadi. Şuningdek, Turkiya prezidentining yuzi ham paydo bölgan.

Videoning annotatsiyasida aytilişiça, aksiya «Erdöğanning söz erkinligi va huquqlarga davom etayotgan hujumlari, şuningdek, Turkiyaning kurd xalqiga qarşi davom etayotgan terrori» munosabati bilan amalga oşirilgan.

Rojava Suriya şimolidagi özini özi mustaqil deb e’lon qilgan kurd avtonom viloyati bölib, Suriya va Iroqda IŞID guruhiga qarşi kuraşgan «Xalq himoyasi otryadlari» (YPG) kurd jangarilari tomonidan amalda nazorat qilinadi. Anqara YPĞni terrorçilik taşkilotlari röyxatiga kiritilgan KIPning jangari qanoti deb biladi.

Avvalroq, Şvetsiya Finlandiya bilan birgalikda Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi fonida NATOga qöşiliş niyatini e’lon qilgan edi. Turkiya bunga dastlab e’tiroz bildirgan, biroq 28 iyun kuni Anqara Stokholm va Helsinkining NATO a’zoligiga intilişlarini qöllab-quvvatlaşga va’da bergan qöşma memorandum imzolagan edi.

Turkiya tomoniga köra, şimoliy Yevropaning ikki davlati uning qator asosiy talablariga rozi bölgan, jumladan Helsinki va Stokholm taqiqlangan KIP va uning ittifoqçilariga qarşi kuraşda «töliq hamkorlik» va’da qilgan.