09:56 / 23.11.2022
15416

Dunyoda ilk marta harbiy samolyot parvozi o‘simlik moyi bilan amalga oshirildi

Parvozni Britaniyaning Royal Air Force kompaniyasi amalga oshirgan. Samolyot butunlay ekologik toza moy bilan harakatlangan.

Foto: raf

Britaniya hukumati Airbus A330 tijorat reaktiv laynerining harbiy varianti hisoblanadigan RAF Voyager parvozini namoyish qildi. Samolyot 100 foiz ekologik yonilg‘ida parvoz qilgan. Bu ham Buyuk Britaniyada, ham dunyoda ilk ekologik toza harbiy havo transporti parvozi bo‘ldi.

Foydalanilgan yonilg‘i ekologik toza o‘simlik yog‘i chiqindisidan ishlab chiqarilgan. Aviatsiyada bunday ekologik yonilg‘ilardan foydalanish dunyodagi uglerod chiqindilarini 80 foizga kamaytiradi. Chunki transport chiqindilarining asosiy qismi havo laynerlaridan hosil bo‘ladi.

Kompaniya 2040 yilgacha ekologik toza yonilg‘i bilan parvoz qiladigan dunyoning birinchi raqamli havo kuchlariga aylanishni maqsad qilgan. 

Mavzuga oid
Top