Şuningdek, vazir Özbekistonga kelayotgan sayyohlar soni böyiça statistik raqamlarga ham töxtalib ötdi.
“2021 yilda Özbekistonga kelgan sayyohlar soni 1 million 880 ming nafarga yetdi. Yanvar oyidan sentabr oyigaça mamlakatimizga kelgan turistlar soni 2021 yilga nisbatan 3 barobar köpayib, 3 mln 100 ming kişini taşkil etdi. Bundan taşqari, içki sayohatçilar soni ham yiliga 3,5 barobar oşib, 7,5 million kişiga yetdi”, – dedi Abduhakimov.
Uning qöşimça qilişiça, 2023 yilga borib Özbekistondagi mehmonxonalar soni 3 mingtaga, undagi xonalar soni esa 50 mingtaga yetkazilişi rejalaştirilmoqda.
Bundan taşqari, vazir 2022 yilda Farğona viloyatidagi qadimiy Qöqon şahri “Turkiy dunyo poytaxti” deb tan olingani, 2023 yilda Samarqand jahon sayyohlik poytaxtiga aylanişi hamda Jahon sayyohlik taşkiloti (YuNVTO) Boş Assambleyasining yubiley 25-sessiyasiga mezbonlik qilişini ham aytdi.

















