Guruh raisi Dang Kxak Vi hamda guruh direktorlar kengaşi raisi Nguyen Man Txang bilan muzokaralar doirasida Vetnam tomoni 2023-2032 yillarda Özbekistonda mahsulotlar va içimliklar işlab çiqariş böyiça qiymati 125 million dollarlik yirik majmuani quriş loyihasi taqdimotini ötkazdi.
Bundan taşqari, makaron, souslar, qayla, ziravorlar va boşqa pazandaçilik ne’matlari singari yangi turdagi mahsulotlar hisobidan işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş ham rejalaştirilmoqda.
Majmua "Angren" erkin iqtisodiy zonasida joylaşadi. Loyiha 800 dan ortiq kişini iş bilan ta’minlaydi. Bu nafaqat Özbekiston bozori içki ehtiyojlarini qondiriş, balki mahsulot kamida 50 foizini mintaqa mamlakatlariga eksport qiliş imkonini ham beradi.
Amaliy safar doirasida Özbekiston delegatsiyasi Xoşimin şahri yaqinida joylaşgan, Mareven Food Holdings xalqaro kompaniyalar guruhi tarkibidagi oziq-ovqat va içimliklar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan UNIBEN zavodlarida ham bölib, korxonalar işlab çiqariş jarayonlari va logistika-ombor imkoniyatlari bilan tanişdi.












