Özbekiston elçisi Abat Fayzullayev Italiya çorvadorlari uyuşmasi (AIA) boş direktori Mauro Donda va Italiya milliy quyonçilik uyuşmasi (ANCI) prezidenti Serjo Pompa bilan uçraşuv ötkazdi.
"Dunyo" xabariga köra, muloqot çoğida uşbu uyuşmalar mamlakat idoralari va tadbirkorlari bilan bir neça yildan beri olib borayotgan hamkorligi natijasida erişilgan katta yutuq – Toşkent viloyati Quyi Çirçiq tumanida barpo etilgan quyonçilik majmuasi faoliyati muhokama qilindi.
Italiya texnologiyalari asosida barpo etilgan quyonçilik majmuasi yiliga 2 million quyon yetiştiriş, 2 ming tonna quyon göşti, quyonlar uçun 80 ming tonna töliq ratsionli omuxta yem işlab çiqariş quvvatiga ega. Jarayonlar çiqindisiz uslubda taşkil etilgan bölib, bu yerda 36 ming tonna tabiiy öğit ham işlab çiqariladi, quyon terilari esa qayta işlaşga yönaltiriladi.
Mamlakatda yaratilgan korxonaning asosiy afzalligi – bu yerga Italiya tomonidan eng yuqori sifatli genetik material va naslli quyon urğoçilari yetkazib berilgan. Natijada korxona naslli quyonlar avlodini köpaytiriş imkoniyatiga ega bölgan.
Italiya milliy quyonçilik uyuşmasi mutaxassislari korxona bilan yaqindan hamkorlik qilib, barça jarayonlarni onlayn tarzda kuzatib boradi. Buning natijasida hayvonlar soğligi, berilayotgan yem tarkibi, qöllanişi lozim bölgan dorivorlar böyiça tavsiyalar beriladi.
Hozirda korxona quyon göştini qöşni bozorlarga muvaffaqiyatli eksport qilmoqda va yangi salohiyatli importçi mamlakatlar bilan muzokara olib bormoqda.












