Amnesty International (AI) xalqaro inson huquqlari taşkiloti Rossiya rasmiylarining Ukrainadagi uruşga qarşi çiqqan bu mamlakatdagi mustaqil ommaviy axborot vositalari va fuqarolik faollariga nisbatan repressiyalarini qoraladi.

«Biz Rossiya hukumati har qanday norozilik namoyişini töxtatiş uçun hamma işni, qançalik tinç yöl bilan bölmasin, buning uçun qattiq jazolayotganini körib turibmiz – ular bunday norozilik namoyişlarining ommaviy bölib qolişiga umuman yöl qöymaslikka harakat qilmoqda», — deyiladi "Seni baribir qölga olişadi" taşkiloti tomonidan 24 noyabr, payşanba kuni e’lon qilingan hisobotda. 

Politsiya tomonidan norozilik namoyişlari çoğida jurnalistlar va mustaqil kuzatuvçilarga nisbatan qöllanilgan zöravonlikdan taşqari, huquqiy çeklovlar ham mavjud, jumladan, hisobotda qayd etilganidek, «Rossiya armiyasini obrösizlantiriş» uçun 15 yilgaça qamoq jazosini nazarda tutuvçi qonun bor.

Iyun oyida Rossiyada Rossiya Boş prokuraturasiga Rossiya rasmiylari «feyk» deb hisoblagan, Rossiya qurolli kuçlarini «obrösizlantirgan» va «sanksiya qöllaşga çaqirgan» ma’lumotlarni tarqatgan ommaviy axborot vositalarini suddan taşqari yopiş huquqini beruvçi qonun qabul qilingan edi. Mazkur qonunga köra, takroran «buziliş» sodir etilgan taqdirda, ommaviy axborot vositasini röyxatdan ötkaziş haqiqiy emas deb topilişi mumkin.

«Tinç namoyişçilar, muxbirlar va kuzatuvçilarni ta’qib qilişning tuşunarsiz amaliyoti zudlik bilan töxtatilişi kerak. Söz erkinligini çeklovçi Rossiya qonunçiligining repressiv qoidalari olib taşlanişi kerak», - deb talab qildi Amnesty International Rossiya rasmiylaridan.