Orolbo‘yi muammolari haqida hikoya qiluvchi «Sho'rxok» filmi AQShdagi kinofestivallardan birida eng yaxshi operatorlik ishi bo‘yicha sovrinni qo‘lga kiritdi.
Aynan shu lenta Environmental Film & Screenplay Festival hakamlar hay’ati tomonidan eng yaxshi operatorlik ishiga sazovor bo‘ldi.
Qisqa metrajli film markazida Orol fojiasini suratga olish uchun kelgan fotosuratchi. Biroq, buning o‘rniga u dafn marosimiga oldindan tayyorgarlik ko‘rayotgan qariya ayolni uchratadi. Qahramon orqali u odamlar va qurib borayotgan dengiz qanchalik chambarchas bog‘liqligini tushunadi.
Film Turizm va madaniy meros vazirligi ko‘magida Aral dream loyihasi doirasida olingan. Bu ushbu xalqaro platformaning birinchi loyihalaridan biriga aylandi.














