Özbekiston yoşlari umumjahon assotsiatsiyasi raisi Nilufar Qiyomova Özbekistonda yoşlar masalasi davlat siyosati ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanişi, mamlakatda yoşlar huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularga zarur şart-şaroitlar va imkoniyatlarni taqdim etiş borasida mustahkam huquqiy asos yaratilganini qayd etdi. 

Uçraşuv davomida özbekistonlik yoşlar taklifidan kelib çiqqan holda endigina uşbu mamlakatga kirib kelgan yoşlar yangi muhitga moslaşişiga yordam beriş maqsadida bepul koreys tili kurslarini taşkil etişga kelişib olindi. Kurslarga qiziqiş bildirgan yoşlar röyxatini şakllantiriş jarayoni boşlandi.

Şu yerning özida Özbekiston yoşlari umumjahon assotsiatsiyasi Koreyadagi yangi vakili tayinlandi. Unga Janubiy Koreyada ilmiy izlaniş olib borayotgan Yelena Çuyanova tayinlandi. «Kelajak bunyodkori» medali va «Mehr-saxovat» kökrak nişoni sohibasi Yelena Çuyanova Özbekiston milliy universiteti jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 

Bugungi kunda 20 ga yaqin mamlakatda assotsiatsiya vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda. Ötgan yili may oyida elçixona taşabbusi bilan Özbekiston yoşlari umumjahon assotsiatsiyasi Koreyadagi vakolatxonasi uşbu mamlakatda nodavlat-notijorat taşkiloti sifatida rasman röyxatdan ötdi.