Favoritlardan oxirgi bölib turnirga qöşilgani Braziliya böldi. Aytiş mumkinki, ular öziga haddan yuqori işonç qurboni bölgan boşqa top-terma jamoalarning xatolaridan saboq çiqariş imkoniga ega edi. Faqat nemislar va argentinaliklarni oqlamagan holda ularning öyinga öta xotirjamlik bilan qaraganini tuşuniş mumkin: raqiblar oldindan guruh autsayderlari maqomida edi. Brazillarni esa birinçi turda ança mustahkam Serbiya kutayotgandi va bu örinda qandaydir mensimaslik haqida gap bölişi mumkin emasdi.
Umuman olganda, faqat birinçi örinni olişni öz oldiga maqsad qilgan jamoa heç qaysi öyinda xotirjamlikka berilmasligi kerak. Ammo, masalan, Neymarning şortigida oltita çempionlik yulduzi aks etgan foto takabburlik sifatida baholandi. Bunga javob qaytargan Rişarlison esa şunçaki bu haqda yozgan nemis jurnalistini haqoratladi va şunday dedi: «Biz oltinçi yulduz haqida orzu qilyapmiz va uni qölga kiritamiz». Aytiş kerakki, bu tasodifiy holat emas, balki tizimlidir.
Argentinaliklar ham Messi uçun sovrin yutib berişni orzu qilayotgan bölsa-da, öz çiqişlarida ançagina kamtarlik qilişmoqda, ularning abadiy raqiblari esa tiyilib ötirmayapti. Masalan, tinim bilmas Dani Alves Jahon kubogini qölga kiritiş xayoli bilan uxlaşi va uyğonganida ham faqat şuni öylaşini tan oldi. Neymar esa jahon çempionatidagi ğalabani eng ardoqli orzusi deb atadi va Messiga finalda uni yengib, sovrinni qölga kiritişni va’da qilib hazillaşganini aytib berdi.
Bu öziga haddan taşqari yuqori işonçmi? Bölişi mumkin, lekin bular brazillar. Ularning barçasi şunaqa — futbolçilar, muxlislar va hatto mamlakatning yangi saylangan prezidenti Lula da Silva, u ham 20 yil ötgaç yana çempion böliş vaqti kelgani haqida gapirdi. Turnir yakunida boş murabbiylikni tark etadigan Tite esa uning mamlakatidagi futbol madaniyati va bosim haqida gapirganda aynan şuni nazarda tutgandi.
Mavzuga oid
Öyin kutilganidek boşlandi. Brazillar töpni olişdi va birinçi raqamda öynaşdi. Diqqat markazida, kutilganidek Neymar böldi. Avvaliga Saşa Lukiç qanotda Braziliyaning asosiy yulduziga qarşi şunday faollik bilan kuraş olib bordiki, maydondan taşqariga çiqib ketgandan keyin ham uning futbolkasini qöyib yubormasdi.
Bir neça daqiqa ötib Neymar burçak zarbasini töğridan töğri golga aylantirişiga bir baxya qoldi.
Serbiya esa avvalgi yirik turnirlardan farqli ölaroq, çindan ham muvozanatli va yaxşi tayyorlangan jamoa ekani va nima istayotganini aniq bilişini körsatdi. Murabbiy bu öyinda odatdagi ikki forvard örniga hujum uçiga faqat Mitroviçni qöydi, çap qanotni esa hujumga ixtisoslaşgan Kostiç örniga himoyaçi Mladenoviç yopdi. Birinçi bölim raqibni kuçli pressing qiliş bilan keçdi va qarşi hujumlarga tayanildi. Serblar mudofaasi birinçi bölimda turib berdi.
Ammo brazillar öyini — xuddi suv kabi, u yoki toşni teşadi yoki uni aylanib ötiş yölini topadi. Ikkinçi bölim boşida darvozabon Milinkoviç-Saviç noqulay pas bilan Gudelni noqulay holatga solib qöydi, lekin töpga ega çiqqan Rafinya bilan yakkama-yakka vaziyatda xavfni bartaraf etdi, keyingi vaziyatda Gudeb jarima maydoniga kirib borayotgan Neymarni yiqitdi.
Boş murabbiy Dragan Stoykoviç darhol reaksiya qildi — böş detalni almaştirdi. Ammo bu yordam bermadi.
Ikkinçi bölim örtalariga kelib, serblar faqat möjiza tufayli qutulib qolişi mumkinligi körinib qoldi. Janubiy amerikaliklarning hujumlari kuçaygandan kuçaydi. 60-daqiqada Aleks Sandroning uzoq masofadan yöllagan zarbasi ustundan qaytdi, ikki daqiqa ötib esa Rişarlison hisobni oçdi. Neymar jarima maydoniga yorib kirdi, Vinisius zarba berdi, darvozabondan qaytgan töpni esa Rişarlison darvoza töriga joylab qöydi.
11 daqiqa ötib esa butun öyinning eng ajoyib lahzasi röy berdi. Vinisius qanotdan töpni jarima maydoniga uzatdi, Rişarlison uni qabul qildi va odatda plyaj futbolida kuzatiladigan qayçi uslubida zarba yölladi. Öyinda barçasini saviya hal qildi - bundan oldinroq serblar hujumida Vlahoviç töpga şu kabi zarba berişga urinib, uni ötkazib yuborgandi. Braziliyalik hujumçining şedevri esa katta ehtimol turnirning eng çiroyli goli masalasiga birinçi turdayoq nuqta qöydi.
Öyinning davomi xotirjam keçdi. Brazillarni hisob qoniqtirardi, serblar endi heç narsa qila olmasliklarini his qilib turişardi. Muxlislar bu öyinda kutilgan manzaraga guvoh bölişdi. Serblar endi keyingi ikki öyinda pley-offga harakat qilib körişadi, Braziliya esa hoziça öz kuzirlarining faqat yarmini körsatgan yaqqol favorit.
Embolo tarixiy vatani jamoasiga gol urdi va nişonlamadi
Samyuel EtöO vatandoşlariga jahon çempionatida sovrindor böliş vazifasini qöygan bölsa-da, turnir arafasida Kamerun guruh favoriti bölib körinmayotgandi. Bu guruhdan Braziliya osonlik bilan pley-offga çiqişi, ikkinçi yöllanma uçun kuraş esa Şveytsariya va Serbiya örtasida keçişi taxmin qilingan. Ammo Kamerunga dastlabki turlarda aynan yevropaliklar raqib böldi, şu tufayli afrikaliklar darhol oçko uçun öynaşi talab etilardi.
Buni amalga oşiriş esa qiyinligi ma’lum. Kamerun kuzdagi örtoqlik uçraşuvlarida gol urişga qiynaldi, darvozasida buyuk Zommer turadigan Şveytsariyaga gol uriş esa yanada qiyin edi. Menhengladbahning «Borussiya» klubi posboni avgustda «Bavariya»ga qarşi öyinda rekord darajada 19 zarbani qaytardi va terma jamoada ham doimiy ravişda yorqin öyin körsatib keladi — saralaş turnirida Italiya uning darvozasiga qöyilgan ikki penaltini aniq ijro eta olmagan va natijada guruhda ikkinçi örinda qolib, ötiş öyinlaridagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin jahon çempionatida tomoşabinga aylangandi.
Bu öyinda ham Zommer qahramonlardan biri böldi. Birinçi bölim boşida u Mbeumo va Ekambiga gol urişga qöymadi, lekin bu bilan çeklanib qolmadi va jamoani qutqarişda davom etdi. Kamerun dastlabki yarim soatda raqibdan ança kuçliroq körindi va gol urişga haqli edi. Ammo Şupo-Moting boşçiligidagi hujumçilar raqib mudofaasini taslim eta olmadi, tribunalardagi afrikalik şamanlar ham gol keltira olmadi.
📺 Watch the best bits from Switzerland's win over Cameroon over on FIFA+ #FIFAWorldCup | #Qatar2022
Şveytsariya tanaffusga qadar ança passiv öyin körsatdi. Yevropaliklar töpga egalik qilişga intilmadi va maksimal darajadagi ehtiyotkorlik bilan oldinga borişdi. Tanaffusda boş murabbiy Murat Yaqin futbolçilardan harakatlariga tezlik qöşişni söragani aniq, çunki ularga aynan şu narsa yetişmayotgandi.
Va tanaffusdan keyinoq jamoa tezlik oldi, Kamerun birinçi xavfli hujumdan gol ötkazib yubordi. Gol oddiy urildi: Şaqiri öng qanotdan jarima maydoni markaziga töpni uzatdi, bu yerda negadir butunlay yolğiz qoldirilgan Embolo esa töpni darvozaga joylab qöydi. Vaziyat şu darajada ediki, kamerunlik himoyaçilar göyo «Monako» forvardini özinikilardan deb öylagan va uni yopmagan. Ma’lum ma’noda bu töğri ham edi: Embolo Kamerunda tuğilgan va şu tufayli golni nişonlamadi.
Şu goldan keyin öyin ssenariysi Şveytsariya uçun maksimal darajada qulaylaşdi. Bu jamoa saralaş turnirida ham kerakli hisobni uşlay olişini namoyiş etgandi va biror öyinda mağlubiyatga uçramagandi. Öyin davomida Şveytsariya yana gol urişi mumkin edi: Onana Vargasning murakkab zarbasini amallab qaytardi, boşqa bir vaziyatda esa Zambo-Angissa öz darvozasini işğol etib qöyişiga bir baxya qoldi. Şveytsarlar xotirjamlik bilan öyinni yakunlaşdi va haqli ğalabaga erişdi. 1:0 — öyinga mos hisob.
Kriştianu yana diqqat markazida: madhiya vaqtida yiğladi va buyuk rekordni örnatdi
Turnir arafasida Kriştianu Ronaldu mojaroli intervyu berib, «Mançester Yunayted» boş murabbiyi Erik ten Hagni hurmat qilmasligini aytdi, şuningdek klubdagi vaziyatni keskin tanqid qildi — xususan, uning nazarida eskirib qolgan infratuzilmani. Intervyu ulkan rezonans keltirib çiqardi va «MYu» seşanba kuni — jahon çempionati boşlanib ketganida — Ronaldu bilan şartnoma bekor qilinganini e’lon qildi.
Öz-özidan tuşunarliki, muhokama uçun asosiy mavzu — bularning bari Kriştianuning va Portugaliya termasining Qatar mundialidagi iştirokiga qay tariqa ta’sir körsatişi böldi. Lekin savolga javob birgina Gana bilan öyinning özida topilmaydi.
Birinçidan, bu hali guruh bosqiçining birinçi öyini va bu öyin hali deyarli heç narsani hal qilmadi. JÇ-2010 da Ispaniya start öyinida Şveytsariyaga mağlub bölgandi — 0:1 (şveysarlar öşanda pley-offga ham çiqa olmagan). JÇ-2018da Fransiya Avstraliyaga qarşi öyinda juda qiynalgan, faqat qöşimça daqiqalardagi avtogol evaziga ğalaba qozongan (2:1). Yevro-2008da esa Niderlandiya öşa vaqtda amaldagi çempion bölgan Italiyani birinçi turda tor-mor etgandi — 3:0. Bu röyxatni yana davom ettiriş mumkin.
Bu şaxsan Ronalduga ham taalluqli. 2018 yilgi jahon çempionatini u Ispaniyaga qarşi öyindagi het-trik bilan boşlagandi. Ikkinçi öyinda esa u Marokaş darvozasiga yagona gol muallifi böladi (1:0). Lekin bu iştirok 1/8 finalda Urugvayga mağlub böliş bilan yakunlanadi (1:2). Yevro-2020da Kriştianu Vengriya darvozasiga dubl yöllaydi, Yevropa çempionatlari final turnirlarida urilgan gollar soni böyiça Mişel Platini rekordini yangilaydi, keyin Germaniyaga gol uradi, Fransiya darvozasiga ham ikki gol joylaydi. Ammo bu safar ham portugallar 1/8 finalda Belgiyaga qarşi nursiz öyin körsatib (0:1), iştirokini yakunlaydi.
Gana bilan öyinda Kriştianu örtaça iştirok etdi, u milliy jamoa safida 118-golni urgan bölişiga qaramay, uning uşbu uçraşuvdagi eng yodda qolarli vaziyat öyindan oldin Portugaliya madhiyasi yangrayotganida böldi, 37 yoşli forvard bu vaqtda köz yoşlarini tiya olmadi. Uning iştirokidagi yana bir e’tiborli epizod birinçi bölim örtalarida röy berdi, öşanda qanotdan uzatmaga Ronaldu baland sakradi, «Yuventus» safida «Sampdoriya»ga qarşi öyinda bölgani kabi bir muddat havoda muallaq qoldi, ammo bu safar zarba xato ketdi.
Kriştianu ikkinçi bölimning ikkinçi yarmida penalti işladi. Muhammad Salisu unga qarşi öta ehtiyotsiz harakat qildi. Ronaldu ham «mahoratini işga soldi», ammo amalda afrikalik futbolçi uning oyoğiga tegdi. Natijada ajoyib mediya syujyeti yuzaga keldi: Kriş özi iştirok etgan barça beş jahon çempionatlarida gol urgan yagona futbolçi.
Portugaliya termasi mudofaasi ham sardor kabi örtamiyona harakat qildi. Lekin bu safargi JÇ-2022 turnirida kim mukammal iştirok etmoqda? Hatto Angliya, Fransiya va Ispaniyaning ğalabalariga ham savollar bor. Birinçi tur öyinlaridan keyin ayon böldiki, Qatarda barçada pozitsion hujumlarda muammolar kuzatilmoqda. Tayyorgarlik yiğini uçun vaqt bölmagan şaroitda şunday bölişi mantiqiy ham.
Portugaliyaning omadi keldi, ganaliklar hisobni tenglaştirgaç, negadir ehtiyotkorlikni unutdi va öz kuçiga yuqori baho berib yubordi. Afrikaliklar hujum qilayotganda töpni yöqotdi va Fernandeşning odatiy pasidan keyin Joau Feliş jamoasini oldinga olib çiqdi. Şundan keyin yevropaliklar raqib himoyasidagi xatolardan yana foydalandi. Afrikaliklar yana maydon markazida töp yöqotdi, yana Fernandeş pas berdi, öyinga zaxiradan qöşilgan Leau hisobni 3:1 körinişiga keltirdi.
Missed the action from a thrilling second half between Portugal and Ghana?
Lekin öyin oxiri portugallar uçun maksimal darajada asabiy keçdi, raqib hisobni qisqartirişga erişdi, qöşib berilgan daqiqalarda esa uçinçi gol ötkazib yuborilişi ham mumkin edi. Ammo Uilyamsning hiylasi iş bermadi - portugallar darvozaboni u ortda ekanini payqamay xotirjamlik bilan töpni öyinga kiritmoqçi bölganida hujumçi töpni olib qöydi, ammo yiqilib, vaziyatni yöqqa çiqardi.
Portugaliyaning bu ğalabasi va Ronalduning bu goli JÇ-2022 istiqbollari haqida nimanidir anglatadimi? Yöq. Buning uçun heç bölmaganda guruh bosqiçi yakunini kutiş kerak.
Suares endi avvalgidek emas, Son Xin Min ham hali formasini tiklamadi. Jahon çempionatida yana bir golsiz durang
JÇ-2022. H guruhi. 1-tur
Urugvay – Janubiy Koreya 0:0
Urugvay – Roçet, Kaseres, Godin, Ximenes, Olivera (Vinya, 79), Varela, Vesino (de la Krus, 78), Bentankur, Valverde, Pelistri, Suares (Kavani, 64), Nunes.
Janubiy Koreya – Kim Sin Gyu, Kim Mun Hvan, Kim Yen Gvon, Kim Min Çje, Kim Çjin Su, Çjon U Yen, Li Çje Son (Son Çjun Xo, 75), Xvan In Bom, Son Hyon Min, Hvan Iy Çjo (Çjo Gyu Son, 74), Na San Xo (Li Kan In, 75).
Ogohlantirişlar: Kaseres (57), Çjo Gyu Son (88).
Urugvay Qatarga yöllanmadan mahrum bölib, jiddiy va çuqur inqirozga tuşib qolişi ham mumkin edi. Ön yildan ortiq vaqt davomida jamoani yuqori saviyada öynatgan Oskar Tabares ketgan, jamoa öyini öta zerikarli va ğoyasiz bölib qolgan, yirik turnirlarda ketma-ket muvaffaqiyatsizliklarga uçralmoqda. Afsonaviy mutaxassis bilan xayrlaşgaç, urugvayliklar saralaş turnirida beş turda birgina gol urişdi va qatorasiga tört öyinda yutqazişdi.
Diyego Alonso saralaş turnirida yettinçi örinda borayotgan jamoani qabul qilib oldi — bu qit’alarao ötiş öyinlarida iştirok etiş imkonini beruvçi zonadan ham taşqarida edi. Ammo bungaça faqat klublar bilan işlagan 46 yoşli mutaxassis jamoani silkitdi va tarkibni yangi nomlar bilan töldirib, qatorasiga tört ğalabadan keyin saralaş turniri uçinçi örinda yakunlandi. Aytiş kerakki, hal qiluvçi davrda barça yaxşi harakatlandi — 2010 yilgi mundialda yarimfinalga çiqqan va 2011 yil Amerika Kubogini qölga kiritgan eski tarkibning yoşi ötgan yulduzlari ham, keyingi yillarda jamoaning asosiy futbolçilariga aylanadigan yoşlar ham.
Körinib turibdiki, Suares, Kavani, Kaseres, Muslera va jahon çempionatlaridagi eng yoşi katta urugvaylikka aylangan Godin uçun Qatardagi turnir — xayrlaşuv gastroli böladi. Köpçilik uçun darvozani Roçet qöriqlayotgani ajablanarli bölişi mumkin, çunki urugvayliklar sönggi bor 2002 yilgi jahon çempionatida Musleradan boşqa darvozabon bilan iştirok etgandi.
Endi Bentankur va Valverde — örta liniyaning asosiy figuralari, hujum uçligida esa Nunes va «MYu» uçun hozirça faqat içki kuboklarda maydonga tuşgan 20 yoşli Pelistri harakatlanmoqda. Urugvay boşqaruvidagi dastlabki öyinlarida yillar mobaynida sinovdan ötgan 4-4-2 sxemasidan foydalanişda davom etgan Alonso asta-sekinlik bilan 4-3-3 sxemasiga öta boşladi.
Lekin jamoa öyini radikal özgardi deyiş mubolağa böladi. Katta ehtimol bilan, töliq qayta quriş natijalari haqida keyingi Amerika kubogiga borib gapiriş mumkin, ammo saralaş bosqiçining dastlabki qismi bilan soliştirganda urugvayliklarning öyini ança yangilangan. Va jamoaning aksar futbolçilari yoşi futbol mezonlariga köra ança katta bölsa ham tezkor koreyslar töxtovsiz yugurişiga imkon berilmadi.
Birinçi bölim davomida janubiy amerikaliklar faqat bir marta raqibning xavfli hujumini ötkazib yubordi, ammo Hvang Iy Jo ön metr masofadan turib töpni tösin ustidan ötkazib tepdi.
Urugvayning an’anaviy ustunliklari esa yöqolib qolmadi. Tezkor qarşi hujumlardan birini şeriklari uçun noqulay pas bergan Olivera yöqqa çiqardi. Xavfli standart vaziyatlar Tabaresning eng yaxşi davrlarini yodga solib yubordi. Ammo Godinning zarbasini darvoza ustuni qaytardi, boşqa bir vaziyatda Nunes Pelistrining ajoyib pasini golga aylantira olmadi.
Agar bu vaziyatlardan heç bölmaganda birortasi gol bilan yakunlanganida öyin oçiqroq keçişi mumkin edi. Ammo, ehtimol, urugvayliklarga Suaresning avvalgi samaradorligi yetişmadi. Luis bu öyinda asosan pressinglardagi iştiroki bilan ajralib turdi. Uning hozirgi darajasi «Nasonal» bilan milliy çempionatda ğolib böliş uçun yetarli, ammo jahon birinçiligi uçun bu yetarli emas. Öz navbatida koreyslar asosiy yulduzi Son Xin Min ham özidan kutilgan öyinni namoyiş eta olmadi.
«Tottenhem» forvardi yuzidagi jarohat tufayli operatsiya qilingaç, avvalgi formasiga hali qaytmagan. Muxlislar balki Ganaga qarşi öyinda odatiy Sonni körişlari mumkin. Suares esa Portugaliyaga qarşi öyinda foydali harakatlar qila oladimi? Bu qariyb ritorik savol, çunki jarohatidan foriğ bölgan Kavani öziga ajratilgan qisqa muddatda yaxşiroq harakat qildi.
Bu öyinda tarkibida 35 yoşdan oşgan tört nafar futbolçisi harakat qilgan Urugvay ğalabani öz tomoniga oğdira olmadi. Bu öyinda ikki tomon ham ğalabaga haqli emasdi. Şu bilan birga mağlubiyatga ham. Raqiblar bir-biriga munosib bölib çiqdi, masalan osiyoliklar yarimhimoyaçisi Hvang In Bom heç bir jabhada Valverdedan ortda qolmadi. Lekin «Real» havbeki öyin oxirida jamoasiga ğalaba keltirişi mumkin edi, ammo yillar ötib darvoza ustuniga tekkan zarbalarni emas, faqat gollarni eslab qolişadi. Yöqsa — öyin ötadi va unutiladi. Ikki jamoa ham pley-offga çiqiş uçun imkoniyat saqlab qolmoqda.