Prezident Şavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga taşrif buyurdi. Taşrif doirasida xalq deputatlari viloyat kengaşi yiğilişi ötkazilmoqda, unda prezident nutq sözlamoqda.

«Odamlarimiz özgarişlarni öz kundalik hayotida his qila boşladi. Birgina misol, Navoiyda oxirgi uç yilda 2 milliard dollarlik yirik sanoat loyihalari işga tuşdi. Buning natijasida 10 mingdan ortiq yangi iş örni yaratildi, yiliga qöşimça 1 trillion söm soliq tuşumi va 100 million dollar eksport paydo böldi. Yaqinda işga tuşgan «Balpan-toğ» va «Tomdi-buloq» konlaridan yiliga 3 million tonnadan oltinga boy ma’dan qazib olinadi.

Şuningdek, mamlakatimiz faxri bölgan «Navoiy kon metallurgiya kombinati»da «Turbay koni»ni kengaytiriş böyiça 130 million dollarlik loyihani işga tuşiriş arafasida turibmiz, «Pistali koni»da oltinni qayta işlaş böyiça 275 million dollarlik loyiha amalga oşirilmoqda (60 foiz iş bajarilgan).

Karmanada 35 million dollarlik kaliy nitrat işlab çiqariş loyihasi, Qiziltepada 10 million dollarlik quriliş materiallari işlab çiqariş loyihasi hamda Tomdida 70 million dollarlik fosforit işlab çiqariş loyihasi amalga oşirilmoqda.

Kelgusi yilda 140 million dollarlik kaliy sulfat, poliakril tola, quruq sianid tuzi çiqariş kabi loyihalar işga tuşadi.

Dehqonlarimiz ham ulkan xirmon kötarişdi. Agar har bir xonadon boy va baxtli bölsa, mamlakat ham farovon böladi», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Taşrif davomida prezident sanoat korxonalari faoliyati bilan tanişişi, yangi loyihalarni işga tuşiriş hamda xalq bilan muloqot rejalaştirilgan.