“Soliqni hisoblab çiqariş tartibi ayrim qoidalari takomillaştirilişi munosabati bilan Soliq kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Qonun loyihasi, Soliq kodeksi ayrim moddalariga özgartiriş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi 4 ta moddadan iborat.

415-, 422-, 429-, 437-, 461- va 462-moddalarga özgartirişlar kiritiş orqali, 2022 yil 1 iyuldan boşlab tadbirkorlik sub’yektlari böş turgan binolari, foydalanilmayotgan işlab çiqariş maydonlari, yaşaş uçun möljallanmagan inşootlar, tugallanmagan quriliş obektlariga nisbatan qonunçilikda oşirilgan soliq stavkalarini belgilaş yöli bilan ta’sir çoralari qöllanilişi bekor qilinmoqda.

424- va 425-moddalarga qöşimçalar kiritiş orqali, doimiy foydalaniş huquqiga ega bölgan davlat organlari, muassasalari va taşkilotlari bilan tuzilgan ijara şartnomasi asosida berilgan yer uçastkalari böyiça ijara tölovlar yer soliğiga tenglaştirilmoqda, uşbu yer uçastkalari böyiça soliq tölovçi aniqlaştirilmoqda.

483-moddaga quyidagilarni nazarda tutuvçi qöşimçalar kiritilmoqda:

a) mamlakat 11 ta viloyatidagi 47 ta şaroiti “oğir” bölgan tumanlarida yangidan taşkil etilgan tadbirkorlik sub’yektlari uçun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz hamda yuridik şaxslardan olinadigan yer va mol-mulk soliqlari hisoblangan summadan 1 foiz stavkada tölanişi belgilanmoqda;

b) 2025 yil 1 yanvarga qadar bölgan davrda quyidagilar:

elektrotexnika mahsulotlarini işlab çiqaruvçi elektrotexnika tarmoq korxonalariga foyda soliğini hisoblaşda yangi texnologik uskunalar qiymati, işlab çiqarişni modernizatsiya qiliş, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlaş xarajatlari summalari 30 foizini birinçi yilda investitsiyaviy çegirma sifatida çegiriş huquqini beriş;

elektrotexnika tarmoq korxonalari ixtisoslaştirilgan markazlariga, ular obektlari va ular egallagan yer uçastkalari böyiça yuridik şaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik şaxslardan olinadigan yer soliğini, mazkur soliqlar böyiça hisoblangan summadan 1 foiz miqdorida, ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi böyiça tölaş nazarda tutilmoqda;

v) 2020 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 iyungaça bölgan davrda jismoniy şaxslar uçun Soliq kodeksi 437-moddasi töqqizinçi qismida nazarda tutilgan uç karrali stavkada soliq hisoblaş tartibini töxtatib turiş belgilanmoqda.