Kiyevdagi Yurak institutida Rossiya zarbalari oqibatida çiroq öçib qoldi. Bu vaqtda bolaning yuragida jarrohlik operatsiyasi ötkazilayotgandi.
Institut direktori Boris Todurov jarrohlar qanday şaroitlarda işlayotgani aks etgan videorolikni e’lon qildi.
Uning ta’kidlaşiça, şifokorlar faqat şoşilinç operatsiyalarni bajarişda davom etmoqda, ammo «şunday nostandart vaziyatda ham ular birorta bemorni yöqotmagan».
23 noyabr kuni Rossiya Ukrainaning muhim infratuzilmalariga navbatdagi zarbalarni berdi. Kiyev talabi bilan çaqirilgan BMT Xavfsizlik Kengaşining favqulodda yiğilişida Rossiya vakili Valeriy Nebenzya bunday zarbalarni «Ukrainaga Ğarb qurollari yetkazilişi va Kiyevning Rossiya ustidan harbiy ğalaba qozonişi haqidagi çaqiriqlariga javob» deb atadi.











