Yuqori Chirchiqdagi karantin majmuasida texnopark tashkil etilishi kutilyapti

Foto: Kun.uz
“Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida to‘qimachilik sanoatiga ixtisoslashgan industrial texnoparkni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Investitsiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent viloyati hokimligi va Savdo-sanoat palatasining:
- Savdo-sanoat palatasi muassisligidagi SSP Texnopark MChJ tomonidan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida to‘qimachilik sanoatiga ixtisoslashgan industrial texnoparkni tashkil etish;
- SSP Texnopark MChJ ustav fondida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ulushini shakllantirish hisobiga Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani, “Qo‘rsoy” va “Nurli zamin” MFY hududidagi 69,2 gektar maydondan iborat bo‘lgan fuqarolarni vaqtincha saqlashga moslashtirilgan karantin majmuasini balans qiymatda berish;
- keyinchalik ushbu davlat ulushini SSP Texnopark MChJga belgilangan tartibda qiymatini bo‘lib to‘lash shartlari asosida berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi. Ushbu band bilan o‘tkazilayotgan mulk soliq solish obekti hisoblanmaydi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
- Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani, “Qo‘rsoy” va “Nurli zamin” MFY hududidagi 69,2 gektar maydoni SSP Texnopark MChJ ustav fondiga berilishini;
- SSP Texnopark MChJ ustav fondida shakllanadigan davlat ulushini belgilangan tartibda SSP Texnopark MChJga qiymatini bo‘lib to‘lash shartlari asosida berish bo‘yicha shartnoma tuzilishini ta’minlaydi.
Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda texnopark hududida mato va charm mahsulotlarini bo‘yash hamda mato, tayyor kiyim, aksessuar va furnituralar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan investitsiya loyihalari dasturini ishlab chiqib, Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasiga kiritadi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senator Kori Buker Trampni uzluksiz 25 soat tanqid qilib, rekord o‘rnatdi
Jahon | 15:06
-
«Hizbulloh» qo‘mondoniga suiqasd, saylovdan mahrum etilgan Le Pen va Harvardni mablag‘dan mosuvo etgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 14:28
-
Andijonda Cobalt piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 16 yoshli bolani urib yubordi
O‘zbekiston | 14:22
-
Qamchiqda Hyundai miniveni xandaqqa quladi
O‘zbekiston | 13:49
Mavzuga oid

21:12 / 14.12.2024
Toshkent viloyatida 649 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

18:09 / 25.10.2024
Yangi Toshkent shahri uchun Toshkent viloyatidan qo‘shimcha yer ajratildi

13:44 / 05.09.2024
Elektrotexnika sohasidagi texnoparklar yangi yo‘nalishda rivojlantiriladi

14:16 / 24.08.2024