Qöşma Ştatlar Xitoyning Huawei va ZTE smartfonlar hamda aloqa uskunalari işlab çiqaruvçilarning yangi qurilmalari va aloqa uskunalarini sotiş va import qilişni taqiqladi. 25 noyabr, juma kuni Federal aloqa komissiyasi (FCC) ma’lum qilişiça, uşbu qurilmalar milliy xavfsizlikka yöl qöyib bölmaydigan xavf tuğdiradi. 

«Bugun FCC bizning tarmoqlarimizni himoya qiliş va Amerikaning milliy xavfsizligini mustahkamlaş uçun misli körilmagan qadam taşlamoqda. Bizning bir ovozdan qabul qilingan qarorimiz - FCC tarixida birinçi holat bölib, biz milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan yangi uskunalarni avtorizatsiya qilişni taqiqlaşga ovoz berdik», deb yozdi idora rahbari Brendan Karr Twitter’dagi mikroblogda. 

FCC rahbari regulyator nafaqat yangi uskunalarni avtorizatsiya qilişni taqiqlaşni joriy etişini, balki Huawei va ZTE uçun allaqaçon berilgan ruxsatnomalarni qaytarib olişga ham ruxsat berişini qöşimça qildi. 

Dpa agentligining ta’kidlaşiça, bu qaror kutilmagan bölmagan. Ötgan yili AQŞ prezidenti Jo Bayden özidan oldingi prezident Donald Trampning yölini davom ettirib, Huawei va ZTE aloqa uskunalarini AQŞ bozorida taqiqlaş töğrisidagi qonun loyihasini imzolagan edi. Öşa paytda qonun demokratlar va respublikaçilar orasida keng qöllab-quvvatlangan. FCC uşbu qonunni amalga oşiriş uçun bir yil içida buyruq çiqarişi kerak edi. 

Qöşma Ştatlar Huawei’ni Xitoy rasmiylari bilan yaqin aloqalar örnatganlikda ayblaydi hamda kompaniyani josuslik va sabotajda gumon qiladi. Huawei bu ayblovlarni rad etib keladi. 

Huawei va ZTE’dan taşqari Hytera Communications, Hangzhou Hikvision Technology hamda Dahua Technology qurilmalari ham FCC tomonidan taqiqlangan. Huawei va ZTE allaqaçon AQŞning qattiq sanksiyalari ostida qolgan.