Bugun, 25 noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zöravonlikka barham beriş kuni. Bu – ayniqsa rivojlanayotgan davlatlarda jiddiy muammo.

Afsuski, Özbekistonda ham ayollarga nisbatan zöravonlik qançalik keng tarqalgan bölmasin, bu boradagi aniq tahliliy ma’lumotlar juda kam. Kun.uz'ning şu mavzudagi podkastida qatnaşgan professor Barnogul Sanaqulova zöravonlik xaritasini tuziş, uni oçiq e’lon qiliş va Xotin-qizlar qömitasi raisining xonasiga joylaştiriş taklifini berdi.

“Xotin-qizlar qömitasi tomonidan zöravonlik xaritasi işlab çiqilişi kerak. Qömita mas’ullari har kuni hududlar kesimida eng köp zöravonliklar sodir bölayotgan hududlarni xaritada körib turişi kerak.

Qaysi hududda zöravonlik eng yuqori uluşga ega va nima sababdan? Mendagi norasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Surxondaryo va Qaşqadaryoda bu juda yuqori örinda turadi. Qoraqalpoğistonda esa bu uluş kam. Özbekistonda xotin-qizlar himoyasi uçun taşkil etilgan barça taşkilotlar buning sabablari, omillari yuzasidan örganiş olib borişi va şu örganişlar asosida ilmiy xulosalangan asoslarni berişi kerak. Şu xulosalar asosida amaliy iş olib borişimiz kerak. Qoraqalpoq keysini Surxondaryo va Qaşqadaryoda ham qöllaylik”, – dedi u.

Taklifga köra, Xotin-qizlar qömitasi raisi bu xaritani muntazam kuzatib turişi: qaysi hududlarda zöravonlik köpaygani, qaysi hududlarda kamaygani haqida doimiy ma’lumotga ega bölişi va bu ma’lumotlar har kuni jamoatçilikka taqdim etilişi lozim.

“Öşa Surxondaryoda, Qaşqadaryo, vodiyning erkaklari va hokimliklari har safar xaritani körganda bu xaritadan çiqib ketişga maksimal harakat qilişi kerak. Bu xaritada qoliş ularga uyat, or, nomusiga tegadigan, erkaklik şa’nini buzadigan darajaga olib kelişimiz kerak.

Şu xarita budjetga yuk bölib turgan Xotin-qizlar qömitasi va uning tasarrufidagi bir dunyo taşkilotlarning bahosi bölişi kerak”, – dedi Barnogul Sanaqulova.

Kun.uz'ning xotin-qizlarga nisbatan zöravonliklar muammosiga bağişlangan podkasti bilan video orqali tanişing.