Suhbat çoğida oziq-ovqat sohasida faoliyat yuritayotgan Özbekiston va Misr kompaniyalari örtasida özaro hamkorlik aloqalarini örnatiş, ustuvor yönalişlarni belgilab oliş va ikki tomonlama tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi.
Mahmud al-Basyumiy Oziq-ovqat palatasi faoliyati haqida ma’lumot berdi. Palata 1958 yilda taşkil etilgan. Taşkilot Misr oziq-ovqat mahsulotlari sifatini tasdiqlovçi şahodatnoma taqdim etiş, soha rivojiga hissa qöşadigan strategiyalarni işlab çiqiş va qonun ijodkorligi bilan şuğullanadi, mamlakat oziq-ovqat sanoatining imijini yaratişi bilan birga uni turli xalqaro forumlarda taqdim etadi. Oziq-ovqat sanoati palatasi tizimi şakar, şirinliklar, sut va sut mahsulotlari, şarbatlar, sabzavot va mevalar, yoğ, don va ziravorlar kabi 9 bölimdan iborat. Palata sohada faoliyat olib borayotgan 18 mingdan ortiq kompaniyalarni birlaştiradi.
Misr tomoni Özbekiston savdo-sanoat palatasi rahbari va vakillarini, sohada faoliyat yuritayotgan yirik özbek kompaniyalarini 5-7 dekabr kunlari Qohirada bölib ötadigan Food Africa 2022 xalqaro körgazmasida qatnaşişga taklif qildi. Körgazma çoğida ikki mamlakat oziq-ovqat sanoati palatalari iştirokida muzokaralar ötkaziş, hamkorlik istiqbollarini belgilab oluvçi «Yöl xaritalari»ni tuziş taşabbusi bildirildi.
Muloqot çoğida Özbekistondan Misrga guruç, Misrdan Özbekistonga sitrus mevalar va boşqa mahsulotlar eksportini yölga qöyiş mumkinligi qayd etildi.

















