«Va’da berganimizdek - biz buni bir haftadan sal köproq vaqt içida amalga oşirdik. Birinçi navbatda şaharning muhim infratuzilmasini, söngra darhol maişiy iste’molçilarni elektr energiyasi bilan ta’minlaymiz», - deb yozadi u Telegram-kanalida.
Timoşenko Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati («GSÇS»), politsiya, elektrçilar va mahalliy hokimiyat xodimlariga bajarilgan işlar uçun minnatdorçilik bildirdi.
Bundan oldin Kirilo Timoşenko Ukrainaning barça hududlariga elektr energiyasini yetkazib beriş boşlangani töğrisida xabar bergandi.
«Birinçi navbatda, muhim infratuzilma obektlari tarmoqqa ulandi, maişiy iste’molçilarni ulaş bosqiçma-bosqiç davom etmoqda», — deya qöşimça qildi u.
Avvalroq Yevroparlament Yevropa şaharlari ma’muriyatiga Ukrainaga turli turdagi bir neça yuzlab elektr generatorlarini yuborişga ruxsat beruvçi taşabbusni e’lon qilgandi.
Yevropa şaharlari tarmoği Eurocities va Yevropa Parlamenti Rossiya raketa hujumlaridan jiddiy zarar körgan Ukrainaning muhim infratuzilmasi işini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan «Umid generatorlari» kampaniyasini boşladi. Bu haqda Yevroparlament rahbari Roberta Metsola va Eurocities rahbari, Florensiya meri Dario Nardella matbuot anjumani çoğida ma’lum qildi.


















