Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev «Qozoğiston Respublikasi parlamenti Senati (yuqori palatasi) deputatlari uçun saylovni 2023 yil 14 yanvarga tayinlaş töğrisida»gi farmonni imzoladi.

«Qozoğiston Respublikasi parlamenti Senati deputatlarining 2023 yilda konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaşi munosabati bilan Qozoğiston Respublikasi parlamenti Senati deputatlari saylovini 2023 yil 14 yanvarga tayinlaş töğrisida qaror qabul qilaman», — deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.

26 noyabr kuni Qosim-Jömart Töqayev qasamyod qilib, davlat rahbari lavozimiga kirişdi.