Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga köra, prezident 2018 yilda viloyatga taşrifi çoğida oyna işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça körsatma bergan. Bugun davlat rahbari iştirokida “Zarafşon oyna” korxonasini işga tuşirişga bağişlangan marosim böldi.
“Hozirgaça bunday korxonalar Farğona va Jizzaxda bor edi. Mana, ularning safiga yangi barpo etilgan, keng turdagi mahsulotlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan “Zarafşon oyna” korxonasi ham qöşilmoqda. U kelgusida yanada rivojlanib, xalqimizga xizmat qilişiga işonamiz”, — degan Şavkat Mirziyoyev.

Ta’kidlanişiça, korxonaning yillik işlab çiqariş quvvati 12 million kvadrat metr. Mahsulotlar import örnini bosiş bilan birga eksportga ham möljallangan. Bu yerda 700 kişi iş bilan ta’minlangan.
Tadbirda Ğozğon şahridagi “Marmarobod” korxonasi bilan ham videoaloqa orqali boğlanildi. U marmar va granit toşlarni qazib olib, qayta işlaşga ixtisoslaşgan. Xitoy va Eron davlatlaridan uskunalar olib kelinib, muhandis va mutaxassislar jalb qilingan. 300 kişi iş bilan ta’minlangan.


Şuningdek, davlat rahbari Navoiy şahridagi “Gidro Stanko Servis” MÇJ faoliyati bilan ham tanişgan. Mazkur MÇJda toğ-kon, metallurgiya, kimyo, energetika korxonalari uçun maşinasozlik mahsulotlari işlab çiqariladi. Bu yerda kooperatsiya orqali 100 dan ortiq qurilma va mingdan ortiq turdagi ehtiyot qismlar mahalliylaştirilgan. Natijada 2021 yilda 12 million dollardan ziyod valuta mablağlarini tejaşga erişilgan. Joriy yil yakuni bilan işlab çiqariş miqdori 23 million dollar bölişi kutilmoqda.

















