Çempionlikka da’vogar sanalgan argentinaliklar, ğalaba qozongan bölsa-da, kutilgan öyinni namoyiş eta olmayapti.

JÇ-2022. S guruhi. 1-tur
Argentina — Meksika 2:0
Gollar: Messi (64), Fernandes (87). 
Argentina – Martines, Montel (Molina, 63), Otamendi, Martines, Akunya, Di Mariya (Romero, 69), Mak Allister (Palasios, 69), De Paul, Rodriges (Fernandes, 57), Messi, Martines (Alvares, 63). 
Meksika – Oçoa, Alvares (Ximenes, 66), Moreno, Arauxo, Montes, Galyardo, Guardado (Guterres, 42), Errera, Çaves, Losano (Alvarado, 73), Vega (Antuna, 66).
Ogohlantirişlar: Arauxo (22), Montel (43), Guterres (50), Errera (66), Alvarado (89).

Miş-mişlar va raddiya

Messining soğligi — bu ma’lumotni yoritiş nuqtayi nazaridan juda qiziqarli mavzu. Dastlabki tur arafasida qator manbalar argentinaliklar sardori jarohat tufayli pauza qilgani haqida xabar tarqatişdi. Leoning özi Saudiyaga qarşi öyindan oldin bu borada izoh berib, dastlabki jamoaviy maşğulotlarda iştirok eta olmaganini tasdiqladi va bu profilaktika çorasi bölgani, hozir esa ruhiy va jismoniy jihatdan juda yaxşi holatda ekanini aytdi.

Birinçi tur yangi versiyalarni yuzaga keltirdi. Bu safar uning muşaklarida muammo borligi va yana asosiy guruhdan alohida maşğulot ötkazgani muhokama qilindi. Sardor navbatdagi öyindan oldingi matbuot anjumanida iştirok etmadi va bu boradagi savollarga Lionel Skaloni javob qaytarişiga töğri keldi, boş murabbiy qat’iy qilib aytdi: «Bu miş-mişlar qanday tarqalayotganidan bexabarman. Messida barçasi joyida, har doimgidan ham yaxşi. Ham jismonan, ham ruhan. Bu borada heç qanday şubhaga örin yöq, unda heç qanaqa muammo yöq».

Ammo, nima bölganda ham, sardor Meksika bilan öyinda iştirok etişiga avvalboşdan şubha yöq edi. Şuningdek, Saudiya Arabistonidan uçralgan mağlubiyatdan keyin Messi jamoani yiğib, xotirjamlikni saqlaş va yanada jipslaşişga çaqirib, nutq sözlagani ma’lum bölgandi.

Qolgani — murabbiyning işi va Skaloni kutilganidek odatiy 4-3-3 sxemasiga qaytdi. Bu sxemadan voz keçilişini startda maksimal darajada hujumkor futbol öynaş istagi bilan izohlaş ham, bu sxemada turnirni ötkazib yuborayotgan Lo Çelsoning örnini bosa oluvçi futbolçi topilmaganini tan oliş sifatida baholaş mumkin edi.