28 noyabr kuni Özbekiston delegatsiyasining BMT iqlim özgarişi böyiça doiraviy konvensiyasi 27-yiğilişidagi iştirokiga bağişlangan matbuot anjumanida Yer yuzida keyingi 30 yilda paydo böladigan iqlim muhojirlari haqida prognozlar e’lon qilindi.

Özgidromet boş direktor örinbosari Ibratjon Karimovga köra, 2050 yilga borib, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi 5 mln kişi iqlim muhojiriga aylanişi mumkin.

“Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham kelayotgan 30 yillikda iqlim muhojirlari soni 5 mlnga yaqinlaşib, ular özlari yaşab turgan makonni taşlab, boşqa hududlarga köçib ötişga majbur bölişi prognozlarda keltirilgan”, – dedi u.

Ma’lum bölişiça, Jahon banki hisob-kitoblariga köra, 2050 yilga borib, dunyoning 6 mintaqasida jami 216 mlnga yaqin kişi aynan iqlim özgarişi, qurğoqçilik, suv yetişmovçiligi va noqulay bioiqlimiy şaroitlar tufayli “iqlim muhojirlari”ga aylanişi mumkin.