Jahon çempionatida A, V, S va D guruhlarida oxirgi turda kimga qanday natija kerak?
A guruhi
1-tur: Qatar — Ekvador — 0:2, Senegal — Niderlandiya — 0:2
2-tur: Qatar — Senegal — 1:3, Niderlandi — Ekvador — 1:1
3-tur: Niderlandiya — Qatar (29 noyabr, 20:00), Ekvador — Senegal (29 noyabr, 20:00)

1. Qatar 1/8 finalga çiqiş uçun nazariy imkoniyatga ham ega emas, ammo jahon çempionati mezbonlari hali guruhdagi vaziyatga ta’sir körsatişi mumkin.
2. Niderlandiya va Ekvadorga pley-offga çiqiş uçun heç bölmaganda bittadan oçko kerak böladi. Agar bu ikki jamoa ham sönggi turda mağlub bölsa (ehtimoli kam), bu ikki jamoaning töplar nisbati böyiça yaxşiroq körsatkiçga ega bölgan bittasi keyingi bosqiçga yöl oladi, töplar nisbati böyiça körsatkiçlar teng kelgan taqdirda, kim köproq gol urganiga qaraladi.
3. Senegal uçun ham barçasi oddiy — oxirgi turdagi ğalaba afrikaliklar iştirokini davom ettirişiga imkon beradi. Ekvador bilan öyinda durang hisob qayd etilgan taqdirda, imkoniyat minimal darajaga tuşadi — buning uçun Niderlandiya Qatarga kamida ikki töp farqi bilan yutqazişi talab etiladi.
4. Guruhda birinçi örinni oliş uçun kuraşda niderlandlar favorit bölib qolmoqda, ammo ular Qatarga qarşi öyinda imkon qadar köproq gol urişi zarar qilmaydi. Agar Ekvador ham öz öyinida ğolib çiqsa — barçasini gollar nisbati hal qiladi. Agar niderlandlar kutilmaganda oçko yöqotsa, Senegal ham birinçi öringa da’vogarlik qilişi mumkin.
V guruhi
1-tur: Angliya — Eron — 6:2, AQŞ — Uels — 1:1
2-tur: Uels — Eron — 0:2, Angliya — AQŞ — 0:0
3-tur: Uels — Angliya (30 noyabr, 00:00), Eron — AQŞ (30 noyabr, 00:00)

1. Angliyaning pley-offga ötiş imkoniyati 100 foizga yaqin. Britanlar sönggi turda ğalaba qozonsa, birinçi örin bilan guruhdan çiqişi kafolatlangan, durang qayd etilsa — ikkinçi öringa tuşib ketişi mumkin, buning uçun Eron AQŞni yengişi kerak. Agar Uels ğolib bölsa-çi?




















