28 noyabr kuni Buxoro viloyati sudida Nukusda sodir bo‘lgan tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlangan 22 kishiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqish boshlandi.

Ish birinchi instansiya sudi tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Ye. Abibullayev raisligida ko‘rilmoqda.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra, quyidagi sudlanuvchilar ayblanmoqda:

Dauletmurat Tajimuratov (1979 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Yel xyzmetinde” advokatlik byurosi advokati, ilgari “Yel xyzmetinde” gazetasi bosh muharriri bo‘lib ishlagan) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi (ishtirokchilikda qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) 4-qismi, 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 3-qismi va 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida;

Lolagul Qallixanova (1989 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, "Makan" internet-nashri ma’muri) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida;

Azamat Turdanov (1984 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Nukus olimpiya zaxiralari kolleji direktori) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi va 244-moddasi 3-qismida;

Axmet Smetullayev (1993 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Chimboy tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiysi) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi va 244-moddasi 3-qismida;

Dao‘letmurat Djiyemuratov (1984 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Qorao‘zak Sahib” MChJ direktori) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi va 244-moddasi 3-qismida;

Baxtiyar Kadirbergenov (1986 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, "Ayama" veb-sayti ma’muri, bloger) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandida;