2022 yil 28 noyabr kuni Özbekiston boks federatsiyasi 14-26 noyabr kunlari Ispaniyaning La Nusiya şahrida ötkazilgan yoşlar örtasidagi jahon çempionati yakunlarini e’lon qildi. Dunyoning 74 davlatidan boksçilar iştirok etgan çempionat yakunlariga köra, respublikamiz terma jamoasi 10 ta medalni qölga kiritib, turnir jadvalida peşqadamlik qildi.
“Bu çinakam tarixiy voqea: Özbekiston ilk bor yoşlar örtasidagi jahon çempionatida umumjamoa hisobida birinçi örinni egalladi. Qolaversa, sönggi ikki bosqiç bir xil keskin ötdi, çunki yarim finalda uç nafar yigitimizga kubalik taniqli boksçilar qarşilik körsatişdi, qozoğistonlik sportçilar bilan bölgan prinsipial janglar esa finalga özgaça dramatiklik bağişladi. «Oltin»dan tortib «bronza»gaça bölgan har qanday qiymatdagi medallarni nafaqat yigitlar, balki terma jamoaning iqtidorli qizlari ham qölga kiritişganligi muhim va qadrlidir. Asosiy natija esa şunday: hozirgi yulduzlarimiz bugunning özida munosib örinbosarlarga ega bölişdi, respublikamiz boksini esa katta kelajak kutmoqda”, — dedi Özbekiston boks federatsiyasi raisi örinbosari Saken Pölatov.
Özbekiston terma jamoasi tarkibida çempionatga jami 20 nafar sportçi (12 yigit va 8 qiz) yöl olişdi. Zafarli öyin terma jamoamiz hisobiga 5 ta oltin, 3 ta kumuş va 2 ta bronza medalini keltirdi va bu yoşlar örtasidagi jahon çempionatlari tarixida ilk bor boksçilarimizga medallar jadvalida sözsiz yetakçilikni ta’minladi.

«Oltin»:
- 48 kg - Gulsevar Ğaniyeva
- 57 kg - Baxtiyor Asadov
- 67 kg - Javohir Ummataliyev
- 71 kg - Fazliddin Erkinboyev
- 75 kg - Törabek Xabibullayev

«Kumuş»:
- 70 kg - Aziza Zokirova
- 80 kg - Rahmatillo Boymatov
- 81 kg - Oltinoy Sotimboyeva
«Bronza»:
- 54 kg – Xöjanazar Nortojiyev
- 75 kg - Sahobat Husanova
Eslatib ötamiz, yaqinda Ammanda (Iordaniya) boks böyiça yakunlangan Osiyo çempionatida Özbekiston kattalar terma jamoasi ham birinçi umumjamoaviy örinni qölga kiritgan edi.















