Kamerun Serbiya bilan aql bovar qilmas öyin ötkazdi. Barçasi oyoqda köp öynaydigan darvozabon bilan mojarodan boşlandi

JÇ-2022. G guruhi. 2-tur
Kamerun – Serbiya 3:3
Gollar: 1:0 – 29 Kastelletto, 1:1 – 45 Pavloviç, 1:2 – 45+4 Milinkoviç-Saviç, 1:3 – 53 Mitroviç, 2:3 – 63 Abubakar, 3:3 – 66 Şupo-Moting.
Kamerun – Epassi, Fe, Nkulu, Kastelletto, Tolo, Kunde (Ondua, 67), Zambo-Angissa (Gvet, 81), Ongla (Abubakar, 55), Şupo-Moting, Toko-Ekambi (Bassogog, 67), Mbemo (Nkudu, 81).
Serbiya – Milinkoviç-Saviç, Velkoviç (Babiç, 78), Milenkoviç, Pavloviç (Mitroviç, 56), Kostiç, Milinkoviç-Saviç (Gruyiç, 79), Maksimoviç, Lukiç, Jivkoviç (Radoniç, 78), Tadiç, Mitroviç.
Ogohlantirişlar: Nkulu (24), Bassogog (30), Yoviç (45).

Braziliyaga qarşi serblar yuqori jismoniy tayyorgarlik va iştiyoq, şuningdek uyuşqoq futbol namoyiş etişdi. Faqat bolqon jamoasi qanday hujum uyuştirişi tuşunarsiz edi. Kamerun brazillarga qaraganda boşqa darajadagi raqib va bu safar Dragan Stoykoviçdan ança dadillik kutiş mumkin edi. U tanlagan boşlanğiç tarkib bu safar hujumkor öyin bölişidan darak berdi. Maydondagi futbolçilar ham ilk daqiqalardanoq şunga işora qilişdi — masalan, Aleksandr Mitroviç ajoyib fint bilan Nkuluni yöldan oldi va aylanma zarbasi bilan darvoza ustunini nişonga oldi.

Serbiyaliklar töpurari ança ötkir burçakdan hujum qilgani bois, bu vaziyat uçun «Böysunmas şerlar» darvozaboni Epassiga savollar tuğilişi tabiiy. Bu savollar kamerunliklar delegatsiyasi rahbariyatiga ham taalluqli, çunki mamlakatning eng yaxşi darvozaboni Onana zayavkadan tuşib qoldi. Bunda darvozabonning «intizomsizligi» sabab qilib körsatildi. Jamoa kiyim almaştiriş xonasida nimalar bölgani ayon emas, ammo jahon futbolining eng nufuzli insayderlaridan biri Fabritsio Romano öz versiyasini taqdim etdi.

Uning ma’lumotiga köra, Onana boş murabbiy Rigober Song bilan ziddiyatga borgan. Murabbiyga darvozabonning öyin uslubi yoqmagan, «Inter» posboni esa bunga rozi bölmagan va heç narsani özgartirmoqçi emasligini bildirgan. Birinçi turda Onana jarima maydoni taşqarisida töpga 26 bor teginib, jahon çempionatlari rekordini örnatgandi. Agar mojaroning asl sababi şu bölsa, dunyoning eng yaxşi murabbiylaridan biri Gvardiola Songning qaraşlariga qöşilmasligi aniq — u oyoq bilan öynaşni ham darvozabonning muhim sifatlaridan biri deb hisoblaydi.