Finalda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi hududiy bosqiçlar ğoliblari tafsir, aqoid, fiqh, islom tarixi, hadis ilmlariga doir savollarga javob berdi hamda öz faoliyati davomidagi işlarini taqdim qilişdi.

Idora matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, tanlov yakunlari böyiça, 1-örin Andijon şahridagi «Ğiştli» jome masjidi imom-xatibi Botirjon Tojiboyevga nasib qilgan. Unga I darajali diplom va Haj safari yöllanmasi berildi.

2-örin sohibi Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi «Eşon bobo» jome masjidi imom-xatibi Ibodulla Usmonovga II darajali diplom va Umra safari yöllanmasi topşirildi. Tanlovda 3-örinni egallagan Toşkent şahar Şayxontohur tumanidagi «Islom Nuri» jome masjidi imom-xatibi Ahadxon Sobirovga III darajali diplom va 10,5 million söm pul mukofoti topşirildi.

Idora ma’lumotlariga köra, bugungi kunda Özbekistonda 2 116 ta masjid faoliyat yuritmoqda. 2022 yilning özida 12 ta yangi masjid davlat röyxatidan ötkazilgan, şuningdek ayni kunlarda 325 ta masjid qaytadan qurilmoqda.