Özbekiston musulmonlari idorasi internet foydalanuvçilari bergan ovozlar asosida «Yil imomi» va «Eng obod masjid» yönalişlari böyiça ğoliblarni e'lon qildi.

Ovoz beriş natijalariga köra, 2020 yilda Özbekistonning eng yaxşi imomi deya Andijon viloyati Baliqçi tumanidagi «Oqqörğon» jome masjidi imom-xatibi Rustamjon Hamidov e'tirof etildi.

Foto: muslim.uz
«Yil imomi» yönalişida 2-örin Toşkent şahar Olmazor tumanidagi «Imom Termiziy» jome masjidi imom-xatibi Işoqjon Begmatov, 3-örin Namangan viloyati Töraqörğon tumanidagi «Qöçqor ota» jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon Soliyevga nasib etdi.

Foto: muslim.uz

Foto: muslim.uz
Nukus şahridagi «Imom Eşon Muhammad» jome masjidi «Eng obod masjid» deb topildi. Bu yönalişda 2-örinni Xorazm viloyati Urganç şahridagi «Oxun bobo» jome masjidi, 3-örinni Andijon viloyati Qörğontepa tumanidagi «Ramazon qori» jome masjidi qölga kiritdi.
Taqdirlaş marosimi 10 mart kuni Özbekiston musulmonlari idorasida bölib ötdi. Unda idora raisi örinbosari Ibrohimjon Inomov, idora mas'ul xodimlari, imom domlalar va mehmonlar qatnaşdi.
Ğoliblarga sertifikat, pul mukofotlari va sovğalar taqdim etildi.

















