“Yil imomi – 2016” körik tanlovini ötkaziş töğrisidagi Özbekiston musulmonlari idorasining 2016 yil 15 apreldagi 01A/19 sonli buyruği hamda Nizomidan kelib çiqqan holda viloyat vakilligi qoşida taşkil qilingan “Maxsus Hay'at” tomonidan 2016 yilning  22 avgust kuni Zangiota tumanidagi “Zangiota” jome masjid binosida şahar va tuman bosqiçida ğolib bölgan imom-xatiblar örtasida ötkazildi. Mazkur bosqiçda jami 15 nafar imom-xatib iştirok etdi, deb xabar bermoqda Özbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb portali.

Foto: muslim.uz
Foto: muslim.uz

Hakamlar imom-xatiblarni bilet savollariga javoblari, şuningdek, öz ustida işlaşi, izlanişi, OAVda dolzarb mavzularda çiqişlari, masjidda amalga oşirgan obodonlaştiriş işlari, imomning faoliyati davomida erişgan yutuqlari, ma'ruzalarining ta'sirçanligi va boşqa fazilatlarini inobatga olib, baholadilar.

Foto: muslim.uz
Foto: muslim.uz

Tanlov yakuniga köra 50 ballik tizimda Ohangaron tuman “Abduqaxxor Maxsum” jome masjidi imom-xatibi, Akmalov Abdulxakim Majitoviç 45.4 balni qölga kiritib 1-örinni egalladi. Qibray tumani “Sa'dulla ota” jome masjidi imom-xatibi, Mirxamidov Obid Mirğofir öğli 45 balni qölga kiritib 2-örinni egalladi. Zangiota tumani “Imomi A'zam” jome masjidi imom-xatibi, Şokirov Ilyos Abdisaidoviç 44 balni qölga kiritib 3-örinni egalladi. Tanlov ğoliblari – Ohangaron tumani “Abduqaxxor Maxsum” jome masjidi imom-xatibi, Akmalov Abdulxakim Majitoviç tanlovning respublika bosqiçiga iştirok etiş uçun yöllanma oldi.

Foto: muslim.uz
Foto: muslim.uz