Xo‘sh, Melitopol Kiyevning qishki kampaniyasi uchun bosh maqsad bo‘la oladimi va Moskva tayyorlanayotgan hujumni qaytara oladimi?

Avvalgi qarshi hujumlar shuni ko‘rsatdiki, Ukraina armiyasi tashabbusni o‘z qo‘liga olib, qarshi jang olib borish uchun Rossiya qo‘shinlarini o‘z shartlarini qabul qilishga majburlay olishdi. Boz ustiga, urush olib borish usullari va G‘arb davlatlari tomonidan taqdim etilgan eng zamonaviy qurol-yarog‘larni qo‘llashni o‘rganib olishdi.

Kiyev G‘arb ishlanmalarini muvaffaqiyatli tarzda mahalliylashtirib, taktika va strategiyani o‘zgartirdi. Bundan tashqari, Ukraina qurolli kuchlari hamon razvedkada ustunlikka ega va dronlar hamda ittifoqchilarining imkoniyatlaridan foydalanib, dushmanning harakatlarini kuzatib tura oladi.

Qish an’anaviy tarzda jangovar harakatlar uchun faol fasl bo‘lmasa-da, Ukraina qurolli kuchlari kuzdagi muvaffaqiyatlarini rivojlantirishi mumkin. Rossiya qo‘shinlari Donetskdan tashqari, barcha frontlar bo‘ylab mudofaaga o‘tgan, demak Kiyev yana zarba nuqtasini tanlashi mumkin. Katta ehtimol bilan bunday joy Zaporijjya bo‘ladi. «Mojyem ob’yasnit» kanali Ukraina armiyasining ushbu frontdagi strategik ustunligi nimada ekanligi va Ukraina armiyasi qaysi vositalar bilan Rossiya mudofaasini sindirishi mumkinligini tushuntirdi.

Imkoniyatlar darchasi

Rossiya armiyasi Dnepr daryosi so‘l sohiliga chekinishidan so‘ng Xerson oblastining butun sharqiy qismi, shuningdek okkupatsiya qilingan Zaporijjya oblastining shimoliy qismi Ukraina artilleriyasi va Amerikaning HIMARS qurilmalari zarba berishi mumkin bo‘lgan radiusda qoldi. Bu ushbu uchastkadagi front ortidagi ta’minot chiziqlariga jiddiy zarba degani. Ukraina qurolli kuchlari avval ham aynan shu taktikani qo‘llagan — ta’minot chiziqlari va omborlarga zarba berib, Rossiya armiyasini Xersondan chekinishga majbur qilgan. Ukraina artilleriyasi bundan keyin ham shunday obektlarni nishonga olishi ehtimoli yuqori.

Dnepr daryosining o‘ng sohilidan turib jiddiy artilleriya zarbasi berish orqali nazariy jihatdan narigi sohilda turgan va ayni paytda suv chegarasi bo‘ylab istehkom barpo etayotgan Rossiya qo‘shinlari guruhini ushlab turish ham mumkin. Guruhning ta’minoti jiddiy tarzda qiyinlashadi, chunki Qrimdan (