Olmazorda profilaktika inspektori o‘ldirib ketildi
Hodisa ichki ishlar xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Qotil voqea joyidan yashiringan.

Foto: Toshkent shahar IIBB
Toshkentning Olmazor tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan IIB xodimi o‘ldirib ketildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
«30 noyabr kuni soat 00.50 larda Toshkent shahar Olmazor tumani IIO FMB profilaktika inspektori katta leytenant N.Bobomurotov tumandagi G‘alaba mahallasiga tezkor chaqiruv bo‘yicha yetib boradi. Xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida muqaddam sudlangan 30 yashar erkak xodimning hayotiga tajovuz qilib, voqea joyidan yashirinadi», deyiladi xabarda.
N.Bobomurotov olgan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
«Voqea tafsilotlari to‘liq o‘rganilgandan so‘ng jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Ijtimoiy tarmoq faollaridan vaziyatni yoritishda faqat rasmiy manbalardan foydalanishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsiddinovning qo‘shimcha qilishicha, hozirda prokuratura hamda ichki ishlar organlarining malakali va tajribali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tashkil qilingan bo‘lib, xodimning hayotiga tajovuz qilishda gumonlanayotgan shaxsni qo‘lga olish uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

15:56 / 15.04.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

14:15 / 14.04.2025
22 yoshli qotil, uch qurbon va kichik guvoh – Popdagi qotillik tafsiloti

21:18 / 10.04.2025
Toshkentda uy-joy nizosi ikki kishining o‘limi bilan tugadi

10:04 / 16.03.2025