30 noyabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bölib ötdi.

Suhbatda Özbekiston va Rossiya örtasidagi hamkorlikni yanada kengaytiriş va keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaş dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Turli darajalarda faol muloqotlar davom etayotgani hamda oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça birgalikdagi işlar kengayib borayotgani qayd etildi. Gumanitar almaşinuv sohasida uçinçi Özbekiston-Rossiya ta’lim forumi samarali natijalari qayd etildi.

Köp tomonlama formatdagi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi amaliy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Şavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin bölajak tadbirlar rejasini körib çiqdi.