2022 yilning 10 oyi davomida “Özkimyoimpeks” MÇJ tomonidan “Özkimyosanoat” AJ böyiça belgilangan yillik eksport körsatkiçi muddatidan oldin bajarildi. Xususan, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida amalda umumiy qiymati 407,3 mln dollarlik kimyo mahsulotlari eksporti amalga oşirilib, yillik reja (400,8 mln dollar) 31 oktyabr holatiga 101,7 foizga bajarildi. 2021 yilning yanvar-oktyabr oylariga nisbatan 155 foizga ösiş ta’minlandi.
Uşbu körsatkiçlarga sohaning eksport salohiyatini yuksaltiriş böyiça amalga oşirilayotgan tizimli çora-tadbirlar hisobiga erişilmoqda. Jumladan, eksport qilinayotgan mahsulotlarni diversifikatsiyalaş böyiça çoralar körilmoqda. Joriy yil davomida 37 turdagi kimyo mahsulotlari eksportga çiqarildi. Şuningdek, 13 turdagi umumiy qiymati 18 mln dollarlik yangi mahsulotlar murakkab mineral öğitlari (9 xil), polianion sellyuloza, suyuq mineral öğitlari (2 xil) eksportga çiqarildi. Ta’kidlaş joizki, ayrim turdagi mahsulotlar eksportining ösiş sur’ati ötgan 2021 yilning mos davriga nisbatan katta körsatkiçlarni taşkil etdi. Bulardan superfosfat eksporti 35 barobarga, suyultirilgan ammiak mahsuloti eksporti 16 barobarga, avtomobil şinasi eksporti 11 barobarga, suyuq argon va ammoniy xloridi eksporti 6 barobarga oşgan.
“Özkimyoimpeks” MÇJ tomonidan yangi bozorlarni özlaştiriş hisobiga eksport geografiyasi kengaytirilmoqda. Yil boşidan buyon jahonning 36 ta davlatiga mahsulotlar eksporti amalga oşirildi. Bu körsatkiç 2021 yilda 28 tani taşkil qilgan. Şu jumladan, Mongoliya davlatiga umumiy qiymati 625,8 ming dollarlik karbamid va NPK mahsulotlari eksportga çiqarildi.
Şu bilan birga, mahsulot eksportida taşqi bozordagi yirik treyderlar bilan hamkorlik yölga qöyildi. Litva davlatining “ UHB Agro ” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Samarqand-NPK” MÇJ QKda NPK öğitlarini işlab çiqariş va eksportga yönaltiriş yölga qöyildi. Yanvar-oktyabr oylarida 19,6 mln dollarlik 41,8 ming tonna NPK öğitlari eksportga çiqarildi.
Iste’molçilar va taşqi bozorning talabidan kelib çiqib birinçi marta “Farğonaazot” AJda mineral öğitlarni qop bilan bir qatorda big-beglarga yuklaş amaliyoti qöllanildi. Bu esa, öz navbatida, samarali natija berdi.
Şuningdek, jahon bozoridagi mineral öğitlar narxi dinamikasi doimiy ravişda tahlil qilinib, mahsulotlarni yuqori rentabelli narxlarda sotişga erişildi. Masalan, 2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida 198,5 mln dollarlik 871,5 ming tonna mineral öğitlari eksportga çiqarilgan bölsa, joriy yilda 753 ming tonna mineral öğitlari 329,4 mln dollarga eksportga çiqarildi, ya’ni ötgan yilga nisbatan eksportga çiqarilgan har bir tonna mineral öğitdan 209 dollar köp foyda körildi.













