Prezidentning 29.08.2017 yildagi PQ-3246-son “Kimyo sanoati taşkilotlarining eksport-import faoliyatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori imzolandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

«Özkimyosanoat» AJ tizimida eksport-import operatsiyalari böyiça yagona agent - «Özkimyoimpeks» MÇJ taşkil etildi (manzili: Toşkent şahri, Navoiy köçasi, 38-uy).

2017 yil 1 oktabrdan e'tiboran uşbu kompaniya orqali «Özkimyosanoat» AJ taşkilotlarining kimyoviy mahsulotlari eksport qilinadi (bundan haq tölangan kontraktlar böyiça majburiyatlarni bajariş mustasno). Şuningdek, bu «Maksam-Çirçiq» AJ, «Ammofos-Maksam» AJ va «Elektroximzavod» AJga Özbekiston tomonidan amalga oşirilayotgan mahsulotlarni eksport qiliş hajmlari qismida va xorijiy aksiyadorlar bilan kelişgan holda boşqa hajmlarga daxl qiladi.

«Özkimyosanoat» AJ taşkilotlarining işlab çiqariş ehtiyojlari uçun asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovçi buyumlar, xom aşyo va materiallarni import qiliş 2018 yil 1 yanvardan boşlab «Özkimyoimpeks» MÇJ orqali amalga oşiriladi. Bundan işlab çiqariş ehtiyojlari uçun qimmatbaho metallar böyiça operatsiyalar istisno qilinadi.

Bunda «Özkimyoimpeks» MÇJga:

•  mahsulotlarni eksport qiliş va mahsulotlarni «Özkimyoimpeks» MÇJning xorijdagi savdo uylari manziliga vositaçilik şartnomalari asosida yetkazib beriş uçun;
•  «Özkimyosanoat» AJ taşkilotlari buyurtmalari asosida işlab çiqariş ehtiyojlari uçun xorijda asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovçi buyumlar, xom aşyo va materiallarni xarid qiliş uçun töğridan-töğri kontraktlar (şartnomalar) tuzişga ruxsat berildi.

Bunda «Özkimyoimpeks» MÇJning eksport qilişda vositaçilik miqdori kontrakt (şartnoma) qiymatining 2%ini, importda esa 1%ini taşkil etadi.
 
Yangi kompaniyaga va işlab çiqaruvçi taşkilotlarga xorijiy valyutaga özlari işlab çiqargan mahsulotlarni, şu jumladan markazlaşmagan yetkazib beriş böyiça eksport qilayotgan korxonalar uçun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalari tatbiq etildi.