Moskva viloyatidagi Chevrolet dilerlik markazi 2021 va 2022 yilda işlab çiqarilgan Nexia avtomobilini sotuvga qöydi. Ikkala maşina ham 106 ot kuçiga ega 1,6 litr hajmdagi dvigatel bilan jihozlangan.

Diler mexanik transmissiya bilan jihozlangan 2021 yilgi model uçun 1 mln 200 ming rubl (qariyb 20 ming dollar), avtomatik transmissiya bilan jihozlangan 2022 yilgi model uçun 1 mln 375 ming rubl (22,5 ming dollar) söramoqda.

Özbekistonda işlab çiqarilgan Chevrolet avtomobillari ilgari Rossiyada rasman sotilar edi. Ammo Ukraina bosqini boşlanganidan keyin, köplab xorij kompaniyalari kabi Chevrolet ham Rossiya bozorini tark etdi.

Şundan söng, Rossiya hukumati Chevrolet avtomobillarini işlab çiqaruvçining roziligisiz (ya’ni kontrabanda yöli bilan) sotişga ruxsat berdi. Rossiya qonunçiligida bu «parallel import» nomini olgan.