Safar davomida delegatsiya a’zolari Yaponiya Yer resurslari, infratuzilma, transport va turizm vazirligi, «Şimidzu Quriliş korporatsiyasi», «Aoikay Medikal Korporeyşn» şifoxonasi, Tokio qişloq xöjaligi va texnologiyalar universiteti rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar ötkazişgani barobarida Suginami şahridagi örta maktab faoliyatini ham örganişdi.
Yaponiya Yer resurslari, infratuzilma, transport va turizm vaziri örinbosari Amano Yusuke bilan bölib ötgan muzokaralar çoğida Andijon viloyati va Yaponiya örtasida quriliş sohasida ikki tomonlama aloqalarni örnatiş, tört ming gektarda barpo etilayotgan «Yangi Andijon» şahridagi binolarni Yaponiyaning köp qavatli zilzilabardoş uylari asosida loyihalaştiriş va quriş masalalari muhokama qilindi.
Muloqot yakunlari böyiça tomonlar «Yangi Andijon» şahri loyihaoldi hujjatlarini yapon tarafi bilan onlayn tarzda muhokamalarini taşkil etiş va bu jarayonga yapon mutaxassislarini jalb etişga kelişib olindi.
«Şimidzu Quriliş korporatsiyasi» global strategik rivojlaniş boşqarmasi direktori örinbosari Takuyey Ito bilan ötkazilgan muzokaralarda «Yangi Andijon» şahrini bunyod etişda kompaniya tajribasini qöllaş va korporatsiya mutaxassislarini Andijon viloyatiga yuboriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Özbekiston vakillari «Şimidzu Quriliş korporatsisi» Texnologik markazi faoliyati bilan tanişdi. Safar davomida Tokio qişloq xöjaligi va texnologiyalar universitetida viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov Andijon davlat universiteti bilan hamkorlikni yölga qöyiş böyiça takliflarni bildirdi. Yapon tomonidan Özbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan barça jabhalarda aloqalarni yölga qöyişdan manfaatdorlik ma’lum qilindi.

















