Voqea 2021 yil 16 iyul kuni Qöşrabot tumani prokuraturasi binosida sodir bölgan. Firibgarlikda ayblanib, tergov qilinayotgan erkakning singlisi va qizi prokuraturaga kelib, töpolon kötargan.

“Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi (Firibgarlik), 28-modda orqali 211-moddasi 1-qismi (Pora beriş) bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça ayblanuvçi Şosimov majburiy tartibda tuman prokuraturasi binosiga olib kelingan. Şu kuni ayblanuvçining singlisi va qizi prokuraturaga kelişib, prokuratura xodimlarini haqorat qilişgan. Şu sababli voqea joyiga Qöşrabot tumani IIB xodimlari çaqirtirilgan. 

Profilaktika inspektori katta leytenant Rajabov, leytenant Boboqulov hamda leytenant Şaripov prokuraturaga yetib kelganida ayollar içki işlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan ularni haqorat qilgan, Rajabovga tegişli bölgan avtomobilning oynalarini sindirib, eşiklarini paçaqlagan.

Internetda tarqalgan videoda katta leytenant Rajabov fuqaro Şosimovaning qölidan uşlab prokuratura binosidan olib çiqiş jarayonida özining pogonini yulib olgani tasvirlangan. Bu böyiça Samarqand viloyat IIB HPB tomonidan xizmat tekşiruvi ötkazilgan, uning natijasi böyiça qaror qabul qilingan. Qarorga asosan içki işlar xodimining xatti-harakatiga qonuniy baho beriş uçun hujjatlar prokuratura organiga yuborilgan.

Prokuratura tomonidan jinoyat işi qözğatilib, içki işlar xodimi va fuqarolarning körsatmalarida bir-biriga zid ma’lumotlar bölgani va tergov jarayonida aniqlangan boşqa faktlar va guvohlarning körsatmalariga asoslanib, fuqaro Şosimovaga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan va unga nisbatan bir yil muddatga axloq tuzatiş işlari tayinlangan”, deya IIV departamenti boş inspektori Navröz Nabiyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

IIV mulozimi pogonini yulib, bunda ayolni ayblagan içki işlar xodimi bugungi kunda xizmat faoliyatini davom ettirayotganini bildirib, uning xatti-harakatlariga nisbatan qanday huquqiy baho berilgani böyiça ma’lumotni mazkur holatni tergov qilgan prokuratura organidan söraşni tavsiya qildi.

IIV departament boşliği örinbosari Hamza Maxsumov uşbu holat yuzasidan prokuraturadan rasmiy ma’lumot olib, OAVga taqdim etilişini ma’lum qildi.